Anday (ruscha: Андай) — Oʻzbekiston Respublikasi Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumaniga qarashli shaharcha. 2009-yil 13-martda shaharcha maqomi berilgan[1].

Anday
ruscha: Андай
Shaharcha
38°59′10″N 66°57′04″E / 38.98611°N 66.95111°E / 38.98611; 66.95111
Mamlakat Oʻzbekiston
viloyat Qashqadaryo viloyati
tuman Shahrisabz tumani
Qachondan beri shaharcha 2009
Vaqt mintaqasi UTC+5
Anday ruscha: Андай xaritada
Anday ruscha: Андай
Anday
ruscha: Андай

Etimologiyasi

tahrir

Shaharcha nomidagi tovushlar va soʻzning tarkibi oʻzgarishga uchragan. Ustay va Anday singari joy nomlarining soʻnggi boʻgʻinidagi day va tay soʻzi qadimgi eroniy tillarga mansub. Hozirgi kundagi Pomir tillarida qoʻllaniluvchi oqmoq maʼnosidagi feʼlning asosida tak soʻzi yotadi. Mazkur soʻz oqim, oqayotgan suv, daryo maʼnosida qoʻllanadi. Osetin tilida esa tax bu daryoning tez oqadigan joyi hisoblanadi. Soʻgʻdiylar tilida tagʻi bu daryo deganidir. Shaharcha nomining birinchi qismdagi an soʻzi eroniy tillarga aloqador boʻlgan ar soʻzining oʻzgargan shakli boʻlishi mumkin. Ar soʻzi eroniycha oqim, oqin, oqar suv maʼnosida qoʻllangan. Xorazmiycha va soʻgʻdiychada arna soʻzi katta ariq degan maʼnoni bildirgan. Anday bu oqar suv, hamisha oqib turuvchi jilgʻa hisoblanadi. Nomning qadimiy shakli Artak yoki Ardak shaklida ham boʻlgan boʻlishi mumkin[2].

Oʻxshash nomlar

tahrir

Fransiya hududida Anday nomli shaharcha mavjud.

Joylashuvi

tahrir

Anday shaharchasi Shahrisabz tumanining gʻarbiy qismida joylashgan. Shaharchaga eng yaqin aholi yashash punktlari sharqda Suvsulton, Shimoli-sharqda Qushqanot, shimolda Ustay va gʻarbda Qovchin shaharchalari hisoblanadi.

Shaharchadagi asosiy mahalla Oqoltin MFY dir. Mazkur hududda 68-sonli maktab joylashgan. Shaharcha hududidan Tanxozdaryoning irmogʻi oqib oʻtadi.

Aholisi

tahrir

1-yanvar 2016-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, Anday shaharchasida 2600 dan ortiq inson yashagan. Bu 2013-yilgi hisob-kitob natijasididan 200 taga koʻproqdir[3].

Tub yerlik aholining asosiy qismini oʻzbeklar tashkil etadi. Shuningdek, shaharchada tojik, qozoq, qoraqalpoq, koreys va boshqa millat vakillari ham topiladi.

Manbalar

tahrir
  1. POSTANOVLYeNIYe KABINYeTA MINISTROV RYeSPUBLIKI UZBYeKISTAN 13.03.2009 g. N 68 O DOPOLNITYeLNIX MYeRAX PO SOVYeRShYeNSTVOVANIYu ADMINISTRATIVNO-TYeRRITORIALNOGO USTROYSTVA NASYeLYeNNIX PUNKTOV RYeSPUBLIKI UZBYeKISTAN
  2. To'ra Nafasov. Qashqadaryo qishloqnomasi. Toshkent: Muharrir nashriyoti, 2009-yil — 43-bet. ISBN 978-9943-354-60-9. 
  3. Soliyev A.S.; Tashtayeva S.K.; Egamberdiyeva M.M.. Shaharlar geografiyasi. Toshkent: Barkamol fayz media, 2018 — 155-bet. ISBN 978-9943-5519-4-7.