Bosh menuni ochish

Andijon tillar pedagogika instituti, Cho‘lpon nomidagi Andijon davlat pedagogika instituti – filolog pedagog-mutaxassislar tay-yorlashga ixtisoslashgan oliy o‘quv yurti. Andijon shahrida. Cho‘lponning 100 yilligi munosabati bilan 1997 yilda institutga uning nomi berildi. Andijon pedagogika instituti rus tili va adabiyoti hamda chet tillar fakulteti asosida 1966 yil tashkil etilgan. Institutda 3 ta – ingliz tili, roman-ger-man tillari, tillar fakulteti va 16 kafedra bor. Bundan tashqari zamonaviy axborot markazi, 3 kompyuter sinfi, 2 laboratoriya., 250 mingdan ziyod kitob jamg‘armasiga ega ku-tubxona, 200 o‘rinli qiroatxona. 16 fan kabinetlari, sport zali, suzish havzasi mavjud. 1999/2000 o‘quv yilida 1345 ta-laboratoriyaa tahsil oldi; 205 o‘qituvchi (shu jum-ladan, 6 fan doktori, 49 fan nomzodi) ish-ladi. Institut tarkibida 200 o‘quvchiga ega bo‘lgan litsey, maktabgacha tarbiya muassa-salari uchun ingliz tili bo‘yicha murab-biy-treyneri hamda tarjimon mutaxas-sisligi beruvchi ikki yillik pedagogik kasb kurslari faoliyat ko‘rsatadi (2000).

AdabiyotlarTahrirlash

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil