Andrey Bushkov
Andrey Vasilyevich Bushkov (ruscha: Андрей Васильевич Бушков; 1969-yil 13-oktyabr, Leningrad viloyati) — sovet va rus figurali uchuvchisi, Marina Eltsova bilan juftlikda konkida uchish musobaqalarida qatnashgan. Andrey Bushkov 1996-yilda jahon chempioni, 1993- va 1997-yillarda ikki karra Yevropa chempioni, uch karra Rossiya chempioni boʻlgan. Rossiyada xizmat koʻrsatgan sport ustasi. Hozir AQShda istiqomat qiladi va figurali uchish boʻyicha murabbiy boʻlib ishlaydi.
Andrey Bushkov | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Toʻliq ismi | Andrey Bushkov |
Tavalludi | Leningrad |
Yashash joyi | AQSh |
Oldingi sheriklari |
Marina Eltsova, Yuliya Lyashenko |
Oldingi murabbiylari |
Andrey Suraykin Igor Moskvin Natalya Pavlova Lyudmila Velikova Nikolay Velikov |
Faoliyati
tahrirAndrey Bushkovning birinchi sherigi Yuliya Lyashenko boʻlib, u bilan SSSR vakili sifatida 1988-yilda oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida bronza medallarini qoʻlga kiritgan. Keyin Bushkov Marina Yeltsova bilan sport juftligini hosil qilgan. Juftlik 1991-yil dekabr oyida soʻnggi SSSR chempionatida uchinchi oʻrinni egallashgan. Birinchi Rossiya chempionatida (1993-yil) ular Yevgeniya Shishkova va Vadim Naumovga yutqazib, ikkinchi oʻrinni egallaganlar va oʻsha yili Yevropa chempionatida Mandi Wötzel va Ingo Shtyuerni magʻlub etib, chempionlikni qoʻlga kiritdilar.
Juftlik uchun eng muvaffaqiyatli chiqish 1996-yilda Jahon chempionatida boʻlib oʻtdi. Qisqa dastur ijrosida kichik xato tufayli muvozanatni yoʻqotish bilan ular ikkinchi oʻrinni egalladi[1].
Juftlik 1998-yilgi Qishki Olimpiya oʻyinlarida qatnashib, u yerda 7-oʻrinni egallagan. Qisqa dasturda Andrey xatoga yoʻl qoʻyganligi sabab avstraliyalik hakam juftlikni uchinchi oʻringa tushirdi. Andrey va Marina 1999-yilgi Rossiya chempionatida 4-oʻrinni egallagani sabab terma jamoaga kirmadilar va havaskorlik faoliyatini yakunlab, AQShga joʻnab ketishdi.
Hozirda Andrey Bushkov AQShda figurali uchish boʻyicha murabbiy sifatida ishlaydi. Xususan, u isroillik sport juftligi Haley-Enn Saks — Vadim Akolzinga murabbiylik qilgan[2].
Sportdagi yutuqlari
tahrir(M. Eltsova bilan)
Musobaqa | 1990 — 1991 ㅤ | 1991 — 1992 ㅤ | 1992 — 1993 ㅤ | 1993 — 1994 ㅤ | 1994 — 1995 ㅤ | 1995 — 1996 ㅤ | 1996 — 1997 ㅤ | 1997 — 1998 ㅤ | 1998 — 1999 ㅤ |
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Qishki Olimpiya oʻyinlari | 7 | ||||||||
Jahon chempionatlari | 6 | 3 | 4 | 1 | 2 | 6 | |||
Yevropa chempionati | 1 | 4 | 4 | 1 | WD | ||||
Rossiya chempionati | 2 | 4 | 1 | 2 | 1 | 1 | 4 | ||
SSSR chempionati | 4 | 3 | |||||||
Gran-pri finali | 2 | 3 | |||||||
Rossiya kubogi | 2 | 1 | 5 | ||||||
Trophee Lalique | 2 | 1 | 3 | ||||||
Skate America | 1 | 1 | 1 | 1 | 1 | ||||
Skate Canada International | 3 | 2 | |||||||
Millatlar kubogi | 1 | 2 | |||||||
NHK kubogi | 4 | 3 | 2 | 1 | |||||
Qishki Universiada | 1 |
- WD = tanlovdan chiqarilgan
(Y. Lyashenko bilan)
Musobaqa | 1987 — 1988 |
---|---|
Yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionati | 3 |
Manbalar
tahrir- ↑ „Из фигуристок в косметологи“ (2021-yil 30-aprel).
- ↑ „Утомленный Америкой. Фигурист Андрей Бушков о возвращении в Россию“ (22-oktyabr 2020).