Andrzej Niedzielan (talaffuzi: Andjey Nedzelan; 1979-yil 27-fevralda tugʻilgan) — polshalik sobiq professional futbolchi, hujumchi sifatida oʻynagan.

Andrzej Niedzielan
Niedzielan Ruch Chorzów bilan, 2009-yil
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 27-fevral 1979-yil (1979-02-27) (45 yosh)
Tavallud joyi Żary, Polsha
Boʻyi 1.80m
Ampluasi Hujumchi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Promień Żary[1]
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1997—1998 Promień Żary
1998—2001 Zagłębie Lubin 15 (4)
1999—2000Odra Opole (ijara) 22 (3)
2000—2001Chrobry Głogów (ijara) 16 (5)
2001—2003 Górnik Zabrze 22 (18)
2003—2004 Dyskobolia Grodzisk Wielkopolski 26 (10)
2004—2007 NEC 87 (24)
2007—2009 Wisła Kraków 24 (1)
2009—2010 Ruch Chorzów 18 (7)
2010—2011 Korona Kielce 25 (12)
Milliy terma jamoa
2002—2010 Polsha 19 (5)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Klublardagi faoliyati tahrir

Zaari shahrida tugʻilgan Niedzielan oʻz faoliyatini 1997-yilda, Promień Zaryga klubida boshlagan. Keyin „Zagłębie Lubin“ jamoasida oʻynadi, ammo klbuda taassurot qoldira olmadi. Ekstraklasadagi debyutini 1998-yil 23-sentyabrda Ruch Chorzówga qarshi oʻyinda (0:2) oʻtkazdi va o‘sha yilning 23-oktyabrida OKS Stomil Olsztyn bilan oʻyinda (3:1) dubl qayd etishga muvaffaq boʻldi. 1998—1999-yilgi mavsumni ligada sakkizta oʻyinda uchta gol bilan yakunlagan[2]. Oʻsha mavsumdan keyin Odra Opolega, keyin esa Chrobry Głogówga ijaraga berildi.

2001-yilning bahorida nominal toʻlov evaziga Górnik Zabrzega oʻtdi. Bir yarim mavsum oʻynagach, Dyskobolia Grodzisk Wielkopolski klubiga sotildi. Bir yildan soʻng NECdan taklif oldi. NECda uch yil oʻtgach, ikki mavsum davomida Wisła Kraków bilan oʻynadi va 2009-yil 24-iyulda Ruch Chorzów bilan shartnoma imzoladi[3]. 2009-yilning 1-avgustida „Wisła Kraków“ga qarshi oʻyinda „Ruch“ safida debyut qilgan. 29-avgust kuni Polonia Warshawa qarshi oʻyinda (2:0) ilk golini urdi[4].

2010-yil iyun oyida Niedzielan Ekstraklasa jamoasi Korona Kielce bilan ikki yillik shartnoma imzoladi[5]. Birinchi golini 7-avgust kuni Zagłębie Lubinga qarshi debyutida kiritdi. Keyin ligada Widzew Łódź, Polonia Bytom, MKS Cracovia, Polonia Warsaw, Wisła Kraków va Ruch Chorzówga qarshi oʻyinlarda gol urdi[6]. 18 turdan keyin oʻnta goli bilan Ekstraklasaning yetakchi toʻpurari boʻldi[7].

2011-yil iyul oyida MKS Cracovia bilan bir yillik shartnoma imzoladi. 2012-yil yanvar oyida Niedzielan oʻzaro kelishuvga koʻra shartnomasini bekor qilgandan soʻng klubni tark etdi. 2009—2010-yilgi mavsumda „Ruch Chorzów“da oʻynadi. 2014-yilning 8-aprelida o‘zaro kelishuvga ko‘ra shartnomasini bekor qildi va futbolchilik faoliyatini yakunlashini eʼlon qildi[8].

Shaxsiy hayoti tahrir

2007-yil iyun oyida Kamila bilan turmush qurgan[9].

Faoliyat statistikasi tahrir

Klubda tahrir

Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollar
Klub Mavsum Liga Manba
Diviziya Ishtirok Gollar
Zagłębie Lubin 1998—1999 8 3
2000—2001 0 0
2001—2002 7 1
Jami 15 4 -
Odra Opole (ijara) 1999—2000 22 3
Chrobry Głogów (ijara) 2000—2001 16 5
Górnik Zabrze 2001—2002 8 3
2002—2003 Ekstraklasa 14 15 [10]
Jami 22 18 -
Dyskobolia Grodzisk Wielkopolski 2002—2003 Ekstraklasa 14 6 [10]
2003—2004 Ekstraklasa 12 4 [10]
Jami 26 10 -
NEC 2003—2004 Eredivisie 11 3 [10]
2004—2005 Eredivisie 27 5 [10]
2005—2006 Eredivisie 27 10 [10]
2006—2007 Eredivisie 22 2 [10]
Jami 87 24 -
Wisła Kraków 2007—2008 Ekstraklasa 8 1 [10]
2008—2009 Ekstraklasa 16 0 [10]
Jami 24 1 -
Ruch Chorzów 2009—2010 Ekstraklasa 18 7 [10]
Korona Kielce 2010—2011 Ekstraklasa 25 12 [10]
Cracovia 2011—2012 Ekstraklasa 14 1 [10]
Ruch Chorzów 2011—2012 Ekstraklasa 5 0 [10]
2012—2013 Ekstraklasa 9 1 [10]
Jami 14 1 -
Jami faoliyati 283 82 -

Xalqaro Gollar tahrir

Andrzej Niedzielan tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxati
Yoʻq. Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa
1 2003-yil 14-fevral Stadion Poljud, Split, Xorvatiya   Shimoliy Makedoniya 1—0 3—0 Doʻstona
2 2003-yil 14-oktyabr Ferents Pushkas stadioni, Budapesht, Vengriya   Vengriya 1—0 2—1 UEFA Yevro-2004 saralashi
3 2—1
4 2003-yil 16-noyabr Wisła Płock stadioni, Płok, Polsha   Serbiya va Chernogoriya 1—0 4—3 Doʻstona
5 2004-yil 18-fevral Estadio Bahía Sur, San-Fernando, Ispaniya   Sloveniya 2—0 2—0 Doʻstona

Manbalar tahrir

  1. „Andrzej Niedzielan“ (Polish). Ruch Chorzów. Qaraldi: 2010-yil 20-mart.
  2. „Sezon 1998/99“ (Polish). 90minut. Qaraldi: 2010-yil 20-mart.
  3. „Andrzej Niedzielan piłkarzem Ruchu“ (Polish). sport.interia.pl (2009-yil 24-iyul). Qaraldi: 2010-yil 20-mart.
  4. „Sezon 2009/10“ (Polish). 90minut. 2010-yil 12-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 20-mart.
  5. „Andrzej Niedzialan piłkarzem Korony“ (Polish). 90minut (2010-yil 2-iyun). 2010-yil 2-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 20-sentyabr.
  6. „Sezon 2010/11“ (Polish). 90minut. 2010-yil 6-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 20-sentyabr.
  7. „Strzelcy“ (Polish). 90minut. 2010-yil 14-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 20-sentyabr.
  8. „Andrzej Niedzielan uwolnił się od Ruchu Chorzów! - WP SportoweFakty“ (pl). sportowefakty.wp.pl (2014-yil 8-aprel).
  9. „Niedzielan już nie jest kawalerem“ (Polish). Gazeta.pl (2007-yil 3-iyun). Qaraldi: 2010-yil 20-mart. [sayt ishlamaydi]
  10. 10,00 10,01 10,02 10,03 10,04 10,05 10,06 10,07 10,08 10,09 10,10 10,11 10,12 10,13 „Andrzej Niedzielan » Club matches“. worldfootball.net. Qaraldi: 2018-yil 11-iyul.