Anju sulolasi — oʻrta asrlarda qator Yevropa mamlakatlarida Anju (Fransiya) graflaridan boshlan-gan qirollar sulolasi. Angliyada 1154 — 1399-yillarda (qarang Plantagenetlar), Janubiy Italiyada 1268 — 1442-yillarda hukmronlik qilgan; Sitsiliyada — 1268 — 82 (norasmiy 1266 — 1302). Sitsiliya va Janubiy Italiyadagi Anju sulolasi asoschisi — Karl Anjuyskiy (1285-yilgacha hukmronlik qilgan). Sitsiliyadagi 1282-yil qoʻzgʻoloni va Aragon sulolasi qaror topgan Sitsi-liya o. ajrab chiqqach (1302), anjuliklar qoʻlida faqat Janubiy Italiya — Neapol qirolligi saqlanib qolgan. Vengriyada-gi Anju sulolasi 1308 — 87 yillarda hukmronlik qilgan (asoschisi — Karl Robert, 1342-yilgacha taxtni boshqargan); Polshada — 1370 — 82 va 1384 — 85 yillarda mamla-katni boshqargan.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil