Anna Grigoriyevna Semenovich 1980-yil 1-martda Rossiya poytaxti Moskvada tugʻilgan[1]. Rossiyalik aktrisa, estrada xonandasi, xalqaro sport ustasi, figurali uchuvchi, televideniya va radio boshlovchisi . „Brilliant“ guruhining sobiq solisti (2003-2007).

Anna Semenovich
[[Image:Анна_Семенович|220px|]]
Maʼlumot
Tavallud topgan sanasi va joyi1-mart 1980-yil (1980-03-01) (44 yosh)
Rossiya Federatsiyasi, Moskva shahri
Kasbiqoʻshiqchi,aktrisa,teleboshlovchi,gimnastik
Faoliyat yillari1992-yildan — hozirgacha

Biografiyasi tahrir

Ota-onasi — Tatyana Dmitriyevna Semenovich va Grigoriy Timofeyevich Semenovich. Akasi — Kirill Semenovich (1986-yil 5-iyulda tugʻilgan).

Anna Semenovich uch yoshidan boshlab figurali uchish bilan shugʻullanadi. Maktabni tugatgach, u Moskva davlat jismoniy tarbiya akademiyasiga oʻqishga kirgan. Annaning murabbiylari SSSRda xizmat koʻrsatgan murabbiy Yelena Chaykovskaya, Rossiyada xizmat koʻrsatgan murabbiy Natalya Linichuk, Rossiyada xizmat koʻrsatgan sport ustasi, Rossiyada xizmat koʻrsatgan murabbiy Gennadiy Karponosov edi. U Maksim Kachanov, Vladimir Fedorov (1995-1999), Roman Kostomarov (1999-2000) va Denis Samoxin (2001) bilan juftlikda chiqishlar ijro etgan.

Bir necha bor xalqaro musobaqalarda sovrinli o‘rinlarni egallagan. Natalya Linichuk boshchiligidagi Anna Semenovich — Roman Kostomarov juftligi Rossiya chempionatining kumush medali sovrindori boʻlgan (2000 yil) va Irina Lobacheva — Ilya Averbux juftligidan keyin ikkinchi eng kuchli rus dueti hisoblanadi. Figurali uchish boʻyicha xalqaro toifadagi Rossiya sport ustasi.

Meniskusning jiddiy shikastlanishi va undan keyingi operatsiya Anna Semenovichni figurali uchishni tark etishga majbur qilgan va shundan keyin u AQShda uch yil yashab, 21 yoshida Rossiyaga qaytib kelgan. Anna Semenovich Igor Bobrin, Natalya Bestemyanova va Tatyana Tarasovaning baletiga kirish taklifini rad qilgan. Buning oʻrniga, ikki oy oʻtgach, u oʻzini musiqada sinab koʻrishga qaror qilib, prodyuser Daniil Mishining yordami bilan „Charlieʼs Angels“ deb nomlangan musiqiy guruhni yaratgan. Guruh bir qator muvaffaqiyatli chiqishlarga ega boʻlgan ammo moliyaviy qiyinchiliklar tufayli tez orada guruh oʻz faoliyatini toʻxtatishga majbur boʻlgan. Keyinchalik Anna Semenovichga televideniyada ishlash taklif qilingan.

Gʻayrioddiy koʻrinishga va katta byustga (beshinchi yarim oʻlchamli) ega boʻlgan Anna Semenovich bir necha bor erkaklar jurnallarida rol oʻynagan (Maksim[2], XXL, FHM, „Pingvin“). Ayniqsa, „sariq matbuot“ni qiziqtirgan xonandaning byusti, unga onasidan qolganini aytgan[3].

2011-yil sentyabr oyidan hozirgacha u Rossiya radiosida „Dembelskiy albom“ dasturining boshlovchisi boʻlib faoliyat yuritib kelmoqda[4].

Sport musobaqalaridagi ishtiroki tahrir

  • 1992-yil — figurali uchish boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionati
  • 1993-yil — (Seul, Janubiy Koreya) — 8-oʻrin (D. Samoxin)
  • 1995-yil — NHK Trophy (Nagoya, Yaponiya) — 3-oʻrin (V. Fedorov)
  • 1996-yil — Finlandiya kubogi (Xelsinki, Finlandiya) — 1-oʻrin (V. Fedorov)
  • 1996-yil — NHK Trophy (Osaka, Yaponiya) — 7-oʻrin (V. Fedorov)
  • 1997-yil — Skate America (Detroyt, AQSh) — 3-oʻrin (V. Fedorov)
  • 1997-yil — Finlandiya kubogi (Helsinki, Finlandiya) — 1-oʻrin (V. Fedorov)
  • 1998-yil — Trophee Lalique (Parij, Fransiya) — 4-oʻrin (V. Fedorov)
  • 1998-yil — Rossiya chempionati (Moskva, Rossiya) — 3-oʻrin (V. Fedorov)
  • 1998-yil — Jahon chempionati (Minneapolis, AQSh) — 15-oʻrin (V. Fedorov)
  • 1999-yil — Rossiya kubogi (Sankt-Peterburg, Rossiya)
  • 1999-yil — Rossiya chempionati (Moskva, Rossiya) — 4-oʻrin (V. Fedorov)
  • 2000-yil — Rossiya chempionati (Moskva, Rossiya) — 2-oʻrin (R. Kostomarov)
  • 2000-yil — Milliy tanlovning finali (Rossiya)
  • 2000-yil — Yevropa chempionati (Vena, Avstriya) — 10-oʻrin (R. Kostomarov)
  • 2000-yil — Jahon chempionati (Nitsa, Fransiya) — 13-oʻrin (R. Kostomarov)
  • 2001-yil — Rossiya chempionati (Moskva, Rossiya) — 4-oʻrin (D. Samoxin)

Manbalar tahrir

  1. „Anna Semenovich“. IMDb. 2022-yil 25-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 25-yanvar.
  2. „Страница Анны Семенович на сайте MAXIM“. 2013-yil 6-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 30-dekabr.
  3. „Крест роскошной женщины“. Газета «МК-Воскресенье» (2005-yil 2-yanvar). 2015-yil 23-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 7-mart.
  4. „Семенович стала ведущей "Русского Радио"“. Delfi.lt (2011-yil 5-sentyabr). 2018-yil 27-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 27-avgust.