Anshlyus (nemischa: Anschluß – qoʻshib olish) – Birinchi jahon urushidan keyin Germaniyaning Avstriyani oʻziga qoʻshib olishdan iborat zoʻravonlik siyosati. Anshlyus 1938-yil 11 – 12-martida fashistlar Germaniyasining Avstriyani bosib olishi bilan yakunlandi. Avstriya mustaqilligi 1945-yil aprelda, Ikkinchi jahon urushi davomida ozod etilganidan soʻng tiklandi va Anshlyusni taqiqlovchi davlat shartnomasi bilan qonunlashtirildi.

State of Austria within Germany 1938.png

Yana q.Tahrirlash

AdabiyotlarTahrirlash

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil