Antokiya

(Antioxiyadan yoʻnaltirildi)

Antokiya[1][2] (turkcha: Antakya) – Turkiyaning janubidagi shahar. Oʻrta dengiz yaqinida. Xatay elining ma’muriy markazi. Aholisi 124 ming kishi (1990). Toʻqimachilik, pax-ta tozalash, yogʻ-moy va oziq-ovqat sano-ati korxonalari bor. Baliq ovlanadi. Shaharga miloddan avvalgi 300 yilda Osiy daryosi boʻyida Salavk I asos solgan va Antioxiya (qadimgi yunoncha: Ἀντιόχεια) deb atagan. Salavkiylar davlatining poytaxti bulgan. 64 yildan keyin Rim tasarrufidagi Suriya provinsiyasi no-ibining qarorgohi. 6–7-asrlarda Vizantiya tarkibida boʻldi. Qadimda va Oʻrta 540asrlarda savdo-hunarmandchilik rivoj-langan shaharlardan edi. 6-asrda shaharni Eron qoʻshinlari vayron qilgan. 1516-yildan Turkiya tarkibida va oʻsha davrdan A. deb atalgan. 3–13-asr larga oid me’-morlik yodgorliklari saqlangan. Arxeologiya muzeyi bor.

Antokiya
Antioch Panorama Saint Pierre Church.jpg
36°12′9″N 36°9′38″E / 36.20250°N 36.16056°E / 36.20250; 36.16056 G OKoordinatalari: 36°12′9″N 36°9′38″E / 36.20250°N 36.16056°E / 36.20250; 36.16056 G O
[[File:|290px|Antokiya xaritada]]
Red pog.png

ManbalarTahrirlash

AdabiyotlarTahrirlash

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil