Antoniy Mark (Marcus Antonius) (miloddan avvalgi 83 – 30) – Rim siyosiy arbo-bi va sarkardasi. A. 58 yilda Falastin va Misrga qarshi yurishda shuhrat qozondi. 54 yilda Sezar bilan birga Galliya urushida ishtirok etdi. Respublikachilar tor-mor qilingandan keyin (42) A. sharqiy viloyatlarga hokim qilib tayinlandi. U yerda Misr malikasi Kleopatraga uylandi. Sharqdagi koʻpgina yerlarni egallab, Kleopatraning bolalariga hamma vilo-yatlarni taqsimlab berdi. A.ning bu ishlaridan norozi boʻlgan senat unga qarshi urush e’lon qildi. 30 yilda Aksiy burni yonida boʻlgan jangda u Oktavian Avgustdan yengildi. Misrga qochib, u yerda oʻzini oʻldirdi.

Antoniy Mark

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil