Apart
Apart (frans. aparte — bir tomonga) — goʻyo sahnadagilar eshitmaydi, deb fa-raz qilinib aytiladigan monolog va luqmalar. A. usuli dramaturgiyada miloddan avvalgi ham qoʻllanilgan. Qatnashuvchining fikri, his-tuygʻulari va rejalarini izohlash uchun ishlatilgan. A.lar 19-asrda keng qoʻllanilgan. Oʻzbek teatrida ham qoʻllanib kelinadi (mas, Uygʻun, „Parvo-na“).
AdabiyotlarTahrirlash
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |