Aqli norasolik — (jinoyat huquqida) ijtimoiy xavfli qilmishni sodir qilish vaqtida shaxsning ruhiy kasalligi tufayli oʻz harakatlari yuza-sidan oʻziga hisob bera olmaydigan va oʻz harakatlarini idora qila olmay-digan holati. Aqli norasolik ikki mezon: tibbiy (biologik) va yuridik mezon orqali aniqlanadi. Tibbiy (biologik) mezon shaxsda surunkali ruhiy kasallikni yoki ruhiy holatning vaqtincha buzil-ganligi yoxud aqli zaiflik yoki boshqacha tarzdagi ruhiy kasallikning mavjud-ligini bildiradi. Yuridik mezon shax-sning oʻz harakatlari yuzasidan oʻziga hisob bera olmasligi (tafakkur mezo-ni) va oʻz harakatlarini idora qila ol-masligi (irodaviy mezon)dir. Shaxsni ruhiy kasal deb hisoblash uchun tibbiy va yuridik mezonlarning zohirligi ta-lab qilinadi. Shaxsning ruhiy kasallik holatini aniqlash uchun sud-psixiatriya ekspertizasi tayinlanadi. Ekspertiza shaxsni ijtimoiy xavfli qilmishni so-dir qilish paytida aqli noraso holatda boʻlgan, deb xulosa bersa, uning qilmishi jinoyat hisoblanmaydi va javobgarlik-ka tortilmaydi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil