Arakaju (potugalcha: Aracaju) – Braziliyaning Sergipe shtatining poytaxti, mamlakatning shimoli-sharqiy qismida, qirgʻoq boʻyida da joylashgan. 2020-yilgi hisob-kitoblarga koʻra, shaharda 664,908 nafar aholi istiqomat qiladi.

Arakaju

Aracaju
10°55′0″N 37°03′0″E / 10.91667°N 37.05000°E / 10.91667; 37.05000 G OKoordinatalari: 10°55′0″N 37°03′0″E / 10.91667°N 37.05000°E / 10.91667; 37.05000 G O
Mamlakat Braziliya
Asos solingan 1592
Aholisi
664,908 (2 020)
Vaqt mintaqasi UTCUTC-3:00
Telefon kodi +55 79
Pochta indeks(lar)i 49000-001 va 49099-999
Arakaju xaritada

Tarixi tahrir

Hozirgi Arakaju yerlari 1602-yilda Portugaliya tomonidan Pero Gonsalvesga berilgan sesmariyada joylashgan edi. Santo Antonio de Arakaju deb nomlangan qishloq ilk bor 1699-yilda qayd etilgan. U Atlantika okeanidagi Sergipe daryosining oʻzanida joylashgan boʻlib, mahalliy braziliyalik João Mulato tomonidan asos solingan. Natijada yirik kemalar Sergipega qoʻna olmadi. Sergipedagi hukumat amaldorlari 1850-yillarda yangi poytaxt uchun yer qidirishni boshladilar. 1855-yil 17-martda esa Sergipe Shtatining poytaxti San-Kristovaodan Arakajuga koʻchirildi[1].

Iqtisodiyoti tahrir

Arakajuning iqtisodiyoti xizmat koʻrsatish va sanoatga asoslangan. Shaharning YaIM koʻrsatkichi 2013-yilda $13,918,124 edi[2]. Soʻnggi yillarda shahar Sharqiy Yevropa (ayniqsa Belarus[3] va Rossiyadan) va Xitoydan[4] yirik sarmoyadorlar jalb qila boshladi.

Turizimi tahrir

Shahar arzon turizm uchun yaxshi tanlov hisoblanadi[5]. Shimoli-sharqiy mintaqadagi eng xavfsiz (100 000 kishiga 63 ta qotillik; Qotillik darajasi boʻyicha dunyoning 12-shahri) va yashash uchun eng kam xarajat sarflanadigan shaharlardan biri sifatida tan olingan.

Sporti tahrir

 
Santa Mariya aeroportining koʻrinishi
 
General Valadao maydoni

2016-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida shahar yetti mamlakatdan kelgan jamoalarni qabul qildi[6]. Yaponiyalik futbolchilar, asosan Polsha, Avstriya, Belarusiya, Qozogʻiston, Ukraina va Chexiya kabi Sharqiy Yevropaning koʻplab davlatlaridan kelgan gimnastikachilar va suzuvchilar uchun shahar mashgʻulotlar oʻtkazadigan joy hamda vaqtinchalik turarjoy vazifasini oʻtadi.

2016-yilgi Yozgi Paralimpiya oʻyinlarida ushbu shaharda Qozogʻiston paralimpiya terma jamoasi va Belarus paralimpiya terma jamoasi kabi Yevroosiyo Iqtisodiy Hamjamiyatiga aʼzo mamlakatlar sportchilari, jumladan suzish boʻyicha paralimpiya chempioni Ixar Boki ham mehmon boʻldi[7].

Transporti tahrir

Havo yoʻllari tahrir

Arakajuga mahalliy tijorat aeroporti boʻlgan Santa Mariya aeroporti xizmat koʻrsatadi. U 1952-yildan bosqishma-bosqich ishlay boshlagan va 1958-yilda toʻliq ishlay boshladi. Aeroport shaharning Santa Mariya mahallasida joylashgan boʻlib, Arakaju shahri markazidan 12 kilometr masofani tashkil qiladi[8].

Yoʻllari tahrir

Arakaju BR-101 shimoliy segmentida joylashgan boʻlib, Braziliyaning shimoliy-janubidagi asosiy magistraldir . Shuningdek, BR-235 ning eng sharqiy nuqtasi ham boʻlib, gʻarbiy Arakajudan Novo Progresso (Para) gacha davom etishi rejalashtirilgan tugallanmagan avtomobil yoʻlidir.

Taʼlim muassasalari tahrir

  • Sergipe Federal universiteti
  • Norte do Parana universiteti

Manbalar tahrir

  1. Loukotka, Čestmír. Classification of South American Indian languages. Los Angeles: UCLA Latin American Center, 1968. 
  2. GDP (pt). Aracaju, Brazil: IBGE, 2005. ISBN 85-240-3919-1. 2007-yil 18-iyulda qaraldi. 
  3. Sergipe may receive tractor factory Consul Grigori Goldchleger expressed a willingness to set up a tractor factory near the ferry terminal Inácio Barbosa (in portuguese) (pt), 2016. 2016-yil 26-avgustda qaraldi. 
  4. China is studying partnership with the Government of Sergipe (in portuguese) (pt), 2016. 2016-yil 26-avgustda qaraldi. 
  5. Aracaju: a Big Surprise in a Small State (en). The Rio times, 2010. 2013-yil 20-noyabrda qaraldi. 
  6. World's athletes arrive in Brazil ahead of Rio 2016 Olympic Games (en). Official olympic committee news, 2016. 2016-yil 26-iyulda qaraldi.  (Wayback Machine saytida 2016-07-21 sanasida arxivlangan)
  7. Kazakh Paralympians (en). Kazakh Paralympians committee news, 2016. 2016-yil 26-iyulda qaraldi. 
  8. „Aeroport Aracaju SE“ (pt). INFRAERO (2016). 2016-yil 1-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 1-dekabr.

Tashqi havolalar tahrir