Artilleriya tayyorgarligi — hujum oldidan dushmanning oʻt ochish vositalari, jonli kuchlar, mudofaa in-shootlari va boshqa nishonlarni artilleri-yadan oʻt ochib yoʻq qilish, vayron etish. Artilleriya tayyorgarligi jangning umumiy maqsadiga, dush-man mudofaasining quvvatiga, hujum qiluvchi qoʻshinlar ixtiyoridagi artil-leriya va oʻqdori zaxirasiga qarab belgi-lanadi. Birinchi jahon urushidagi janglarda Artilleriya tayyorgarligi koʻpincha bir necha kun davom etgan. Artilleriya tayyorgarligining bu tariqa uzoq davom etishi dushmanga bexosdan hujum qilishga imkon bermas edi. Ikkinchi jahon urushida qoʻllanilgan Artilleriya tayyorgarligi 15 min.dan to bir necha soatgacha davom etgan. Bu vaqt xujum usu-liga, dushman mudofaasining kuch va xa-rakteriga, qoʻshinlarning qurol-aslaha va snaryad bilan taʼminlanganlik daraja-siga bogʻliq boʻlgan.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil