Arsax — Ozarbayjon hududidagi turkiy qabilalarga tegishli toponim. „Arsax“ soʻzi qadimgi saklar qabilasi nomi bilan bogʻliq boʻlib, „jasur sak“, „mardonavor sak“, „saklik erkak“ maʼnosini bildiradi. II asrdan boshlab Qorabogʻ hududi va uning janubidagi ayrim hududlar (Janubiy Ozarbayjon) Arsax deb nomlangan. Foydalanilgandan soʻng, Qorabogʻ toponimi „Arsax“ soʻzini siqib chiqardi. Likin hozirda ham „Qorabogʻ“ soʻzi bilan parallel ravishda ishlatilmoqda. Alban mamlakati parchalanishidan soʻng, Arsax patriarxiya markazi boʻlgan. Manbalarda Arsax „Mustahkamlangan viloyat“ hisoblangan va „mustahkam oʻlka“ deb nomlangan. Oʻrta asrlar boshlarida arman tarixchilari asarlarida bu soʻz Artsax shaklida uchragan. Turkiy tildan qaraganda bu soʻz qadimgi va zamonaviy arman tillarida hech qanday maʼnoga ega emas.[1]

Arxeologik qazilmalar dovamida topilgan alban dubulgʻasi

Arsax viloyati (antik manbalarda Orxiston) oʻng qirgʻoq Albaniyasining viloyati hisoblanadi (hozirda bu — Togʻli Qorabogʻning bir qismi va Mil tekisligidir). „Armani geografiyasi“ga koʻra bu viloyat oʻz hisobida 12 ta kichik maʼmuriy birlikka boʻlingan. Arsax aholisni albanlar, gargarlar, gunnlar, xazarlar va barsillar tashkil etgan.[2]

„Arsax“ soʻzi etimologiyasi tahrir

Bu qadimiy turkiy soʻzdir. „Ar“ etimologiyasi qadimiy turkiy tilda foydalanilgan soʻz boʻlib, hozirgi kunda Ozarbayjon tili bilan bir qatorda boshqa turkiy tillarda ham „Er“ shaklida keladi. Sak esa — kelib chiqishi turkiy boʻlgan qadimiy qabila hisoblanib, uning bir boʻgʻimi tarixan Ozarbayjonda yashagan.

Arbun, Orkun (Orxon daryosi), Krun, Karun, Askeran Shabran (Sabran) yashash joylarining tarixiy va hozirgi nomlari as aklar (sak) bilan bogʻliq va Arsax tushunchasini aks ettiradi. Arsax, Artogrul, Ardaxan, Ardebil, Araz, Arzurum, Arak va boshqa soʻzlar „ar“ soʻzidan kelib chiqqan, shuningdek maʼnosiga koʻra bir oʻzakdan kelib chiqqan, turkiy tildan kelib chiqqan soʻzlar bundan mustasno. Kavkazga bosqin qilgan va Arsax (AR asakdan olingan) deb nomlangan kelgindilar ogʻuzlarga tegishli Qorabogʻ yerlarining egasi boʻla olmaydilar, shuningdek, bu nom bilan bogʻliq boshqa manzillarga ham hech qanday tarixiy va maʼnaviy yuridik huquqga ega emas.

Shunday qilib, „Arsax“ qadimgi turkiy ar saklarda vatan maʼnosini bildiradi. Hozirgi vaqtda arman tarixchilari toponimni qadimgi yunon tili yordamida tushuntirishga harakat qilishadi, lekin bu yerlarda kelib chiqishi yunonistonlik boʻlgan qabilalar hech qachon yashamagan va ular bildirgan fikrlari notoʻgʻridir.[3]

Tarix tahrir

 
Alban alifbosida yozilgan qadimiy matn

VIII asrdan boshlab Qorabogʻning togʻli qismidagi Alban katalikos knyazligi joylashgan hududi egalik maʼnosidagi „Arshax“ yoki „Arsax“ deb nomlangan.

Bu bejizdan emas, I asr oʻrtalarida Albaniya taxtiga kelgan qirol Vashaga qavmidan boʻlgan, Arshaklar sulolasi hukmronlari „arshaxlar“ deb nomlangan, VI asrdan boshlab VIII asr boshigacha taxtda boʻlgan Mexrani sulolasi hukumronlari arshax „aranshax“ deb nomlangan. 1261-yilda Eronning Gazvin shahrida mogʻul — tatar bosqinchilari tomonidan Gasan Djalal Dovlanning oʻgʻli knyaz Atabek oʻldirilgan va Gandsazar monastirida koʻmilgan. Bu monastir Rossiya Sinododining rasmiy qarori bilan Alban monastirini bekor qilingunicha, 1511-yildan 1836-yilgacha alban xristianligi qarorgohi boʻlgan. Gasan Djalal qavmidan boʻlgan koʻpgina alban katalikoslari ushbu monastir majmuasi hududida dafn etilgan. Qal’a devorlari bilan oʻralgan Gandjasaroy majmuasiga alban xristian meʼmorchiligi uslubida qurilgan asosiy cherkov, unga qoʻshilib ketgan, tekis qiya tomli toʻrt rotond va qal’a devoir ichidagi qurilma kiradi. Asosiy monastir gumbazi kompozitsiyasi xoch shaklida, gumbazning 16 burchakli barabani va uning tepasida ehrom koʻrinishidagi gumbazning soyabon shaklidagi tosh qoplamasi alban katalikotligining soʻnggi qarorgohiga oʻziga hos buyuklik va goʻzallik beradi.

Sharqiy va gʻarbiy fasaddan farqli oʻlaroq, shimoliy va janubiy fasadlarning meʼmoriy yechimi bir xil desa ham boʻladi. Ularning har biri beshtadan arka bilan bezalgan, eng baland oʻrtadagi arka yon tomonlari xoch bilan tugaydi. Cherkov ichidagi arkalarning yuqori qismi muqaddas hisoblangan buqa va qoʻchqor boshlari barelyeflari bilan bezalgan.

Monastir majmuasining meʼmoriy rejalashtirilishi va kompozitsiya yechimi, haykal namunalari va diofizit oʻziga xos elementlari bu koʻp asrlik anʼana yodgorligi Kavkaz Albaniyasi meʼmorchiligiga tegishliligini tasdiqlaydi. Asosiy diniy xazina maʼnosida Alban xristianligi qarorgohi sanalgan monastir, uzoq vaqt davomida Gandjasar deb atalgan.

Kavkaz Albaniyasi meʼmoriy yodgorliklarini oʻrganib kelayotgan olimlar fikriga koʻra, bu yodgorliklar koʻpgina oʻziga hos hususiyatlari va meʼmoriy rejalariga koʻra arman diniy yodgorliklaridan tubdan farqlanadi.[4]

Yana qarang tahrir

Havolalar tahrir

Manbalar tahrir

  1. TRT Turk. Qorabogʻ: etimologiya, hudud va chegaralar
  2. Ozarbayjon tarixi, Baku, Elm, 2007 II bob
  3. „Arsax“ soʻzi etimologiyasi, 2017-04-28da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2017-04-27
  4. Qorabogʻning ilk nomlari, 2017-04-28da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2017-04-27