Arxeologiya instituti

O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Arxeologik tadqiqotlar instituti — O‘zbekiston hududidagi moddiy madaniyat yodgorliklarini o‘rganuvchi ilmiy muassasa. O‘zbekiston Fanlar Akademiyasining Tarix va arxeologiya instituti negizida (1970 yil) Samarqandda tashkil etilgan. Arxeologiya instituti O‘zbekistonda olib boriladigan arxeologik tadqikotlarga ilmiy-meto-dik rahbarlik kiluvchi markaz bo‘lib, respublika hududidagi barcha moddiy madaniyat yedgorliklarida qazish ishlari olib borish uchun ruxsatnoma beradi. Uz tadqiqotlarini UzMU, Samarqand Davlat Universiteti, O‘zbekiston Badiiyot akadimyasi Sanʼatshunoslik instituti, O‘zbekiston Fanlar Akademiyasining Tarix instituti va boshqa il-miy muassa-salar bilan muvofiqlashtirib olib boradi. Arxeologiya instituti xalqaro ilmiy dasturga binoan respublikaning kator vilo-yatlarida Fransiya, Germaniya, Polsha, Italiya, Rossiya kabi mamlakatlar ilmiy markazlari bilan hamkorlikda arxeologik kazishmalar olib boradi (1984 yildan). Institutda tosh davri arxeologiyasi, Turon arxeologiyasi, Movarounnahr arxeolo-giyasi, ilmiy ishlab chiqarish bo‘limlari; tarixiy yodgorliklarning kimyoviy va texnolo-gik tadqiqoti hamda konservatsiya qilish laboratoriya., kutubxona (55 mingdan ortiq asar) bor; Toshkent, Xiva va Termiz arxeologiya bo‘limlari tuzilgan. 7 fan doktori (3 akademik), 35 fan nomzodi, jami 90 ilmiy xodim ishlaydi. Institut „O‘zbekiston mod-diy madaniyati tarixi“ nomli yillik to‘plam nashr etadi (1959 yildan). U o‘z faoliyatida arxeologik tadqiqotlarga bag‘ishlangan 120 ta ilmiy monografiya (5 tasi ajnabiy tillarda) va turli jurnal va to‘plamlarda mingdan ortiq maqolalar chop etdi. Arxeologiya institutida arxeologiyaning dolzarb masalalari buyi-cha bir necha xalqaro ilmiy anjumanlar o‘tkazildi (1973, 1986, 1988, 1991, 1994, 1997). Institut xodimlaridan A. Asqarov, Yu. F. Buryakov, R. Sulaymonov, M. Isomiddinov, M. Filanovich, T. Xo‘jayov va 665G. Shish-kinalar O‘zbekiston hududida ilk shahar madaniyatining shakllanishi hamda uning taraqqiyot bosqichlari tarixiga bag‘ishlangan 14 monografiya uchun Beruniy nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlandilar (1985). Institut qoshida aspirantura va doktorantura, arxeologiya mutaxassisligi bo‘yicha maxsus doktorlik ilmiy kengashi mavjud.[1]

ManbalarTahrirlash

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil