Aryana veja (Aveseto kitobida Airyanəm Vaēǰah, qadimiy forschada Ērān-vēz, fors. Irānvēj, pahlaviy tilida Aryānvēžan) – Xorazmning Avestodagi qadimgi nomi. Zardushtiyliknit muqaddas olovi – Azarxoʻrro birinchi marta yoqilgan yurt.

Etimologiyasi

tahrir

Aryana veja Avesto kitobida Airyanem Vaējah va qadimiy forschadagi Ērān-vēz soʻzlarining qoʻshilib ketilgan holati boʻlib, soʻzning birinchi qismi yaʼni Aryana mos ravishda Avesto kitobidagi airiia sifatdoshi yoki qadimiy forschadagi ēr soʻzining koʻplikdagi maʼnosidir[1][2]. Yuqorida keltirilgan ikkala soʻz ham qadimiy forscha āryah atamasidan olingan. Forschada āryah atamasi forslik degan maʼnoni anglatadi[3]. Veja soʻzi esa Vaējah yoki Vēz kabi asos soʻzlardan olingan boʻlib aniq maʼnosi yoʻq[1]. Fridrix Karl Andreas uni sanskrit tilida hudud, mintaqa degan maʼnolari ham bor deb taʼkidlagan[4]. Boshqa tomondan, Emile Benveniste bu soʻzni oqim bilan bogʻlaydi va bu tez oqadigan daryo hududiga berilgan taʼrif deb taʼkidlagan.

Zardushtiylikda Eron xalqining geografik mintaqasi haqida bir voqea keltirilgan bo'lib. Unda, Mitraning Xara togʻiga qanday yetib borishi va Airyoshayanani (Avesto kitobida airyō šayana yaʼni Eron yerlari degan maʼnoni bildiradi) koʻrishi tasvirlangan. Bu atama odatda eronliklar yashaydigan butun yerga nisbatan talqin qilinadi. Biroq, eronlik olim Gerardo Gnoli matnning noaniqligini taʼkidlagan, shuning uchun Airyoshayana, xuddi Aryana veja kabi, faqat Eron mamlakatlari orasida muhim oʻrin egallagan maʼlum bir mamlakatga ishora qilingan deb tushuntirgan[5].

Zardushtiylikda

tahrir

Qadimgi fors manbalarida Aryana vejaning ma'nosi Eranvez degan joy nomiga nisbatan qo'llanilgan. Bu joyda Zaradusht birinchi marta Ahura Mazdadan dinni qabul qilganligi tasvirlangan. Bundan tashqari, Avestoda Aryana vejaning Adarbaygan yaqinida joylashganligi va u Daitya daryosi orqali Gobadestan deb nomlangan mamlakat bilan bog'langanligini haqida keltiriladi. Gobadestonning hozirgi qaysi davlat ekanligi aniq emas, lekin uning nomi Sugʻdestonning buzib koʻrsatilishi sifatida talqin qilingan va hozirgi Xorazm hududlariga to'g'ri keladi[6]. Xuddi shunday, Daitya daryosi boshqa adabiyotlarda Oks kabi nomlar bilan uchraydi[7].

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 David, Neil „"Ērān-Vēz"“. — „Encyclopædia Iranica. Vol. VIII. Iranica Foundation.“.
  2. Alemany, Agustí (2000). Sources on the Alans: A Critical Compilation. Brill.
  3. „"Old Iranian Literature". In Spuler, B. (ed.). Handbuch der Orientalistik. Brill. pp. 1–32.“.
  4. Henning, Walter B. (ed.). Mitteliranische Manichaica aus Chinesisch-Turkestan. Verlag der Akademie der Wissenschaften in Kommission bei Walter de Gruyter u. Company.
  5. Gnoli, Gherardo (1966). „AIRYŌ. ŠAYANA“. Rivista degli studi orientali. 41 (1): 67–75.
  6. "GŌBADŠĀH". Encyclopædia Iranica. Vol. XI. Iranica Foundation. p. 18.
  7. "DĀITYĀ, (VAŊHVĪ) (lit., “the (good) Dāityā”; Mid. Pers. Weh Dāitī), the name of a river connected with the religious "law" (Av. dāta-, Mid. and NPers. dād),