Ashurali Zohiriy maʼrifat va istiqlol fidoyisi, XX asrning boshlari va 20-yillarda Turkistondagi madaniy va maʼrifiy hayotning taniqli namoyandalaridan biri edi.

Ashurali Zohiriy 1885-yilda Muqimiy, Furqat, Hamza, Zavqiy kabi mashhur shoirlar vatani – Qo‘qon shahri yaqinidagi Oyim qishlog‘ida tavallud topadi. U dastlab shu yerdagi eski usuldagi maktabda, so‘ng Madalixon madrasasida o‘qiydi. Bu yerda u arab, fors tili, sharq klassik va ayniqsa o‘zbek klassik adabiyotining buyuk namoyandalari asarlarini muhabbat bilan o‘rgana boshladi. 1908-1913-yillarda o‘zi dars bergan „Yangi usul“ maktabida ularning asarlaridan ma’naviy-ma’rifiy tarbiya quroli sifatida foydalanadi.

Qo‘qon shahridagidagi Muhammad Alixon (Ma’dalixon) madrasasida tahsil ko‘rgan (1914). Tarix, adabiyotni chuqur bilgan. Arab, fors, ozarbayjon, turk, tatar va rus tillarini o‘rgangan. Rus-tuzem maktabida o‘zbek tili va adabiyotidan daryo bergan, Qo‘qonda „G‘ayrat“ nomli xususiy nashriyot tashkil etgan. „Sadoyi Farg‘ona“ (1916–21), „Farg‘ona“ (1922–28) gaz.larida adabiy xodim bo‘lib ish-lagan. Vaqtli matbuot sahifalarida ma’rifatparvarlik maqolalari bilan faol ishtirok etgan. Yangi usuldagi maktablar ochgan. Qo‘qonda „Dorulmuallimin“ maktabini tashkil etib, shu yerda ishlagan. Qori-Niyoziy rahbarlik qilgan Farg‘ona pedagogika texnikumida, Qo‘qon pedagogika bilim yurti, neft texnikumi, savod-sizlikni tugatish kurslari va maktablarda muallimlik qilgan. Kishilarni til o‘rganishga, ilmli bo‘lishga da’vat etgan. S.Oqosov bilan hamkorlikda maktab o‘quvchilari uchun „Turkiy xrestomatiya yoxud terma kitob“ darsligini tuzgan (1912). O‘zbek tilida birinchi bo‘lib, boshlang‘ich sinflar uchun „Imlo“ dars-ligini yaratgan (Qozonda nashr etilgan, 1916). Navoiyning „Muhokamat ul-lug‘atayn“ va „Vaqfiya“ asarlari ustida matnshunoslik tadqiqotlari olib borgan. „Muhokamat ul-lug‘atayn“ni husnixatda ko‘chirib (1916), Qo‘qonda Vayner kutubxonasida chop ettirgan (1917). „Vaqfiya“ni ham nashrga tayyor-lagan, lekin noma’lum sabablarga ko‘ra nashr etilmagan. „Ruscha-o‘zbekcha lug‘at“ 835 tuzgan (1925). Cho‘lpon bilan hamkorlikda „Adabiyot parchalari“ to‘plamini nashr ettirgan (1926).Hur fikrlovchi ziyoli shaxs sifatida Ashurali Zohiriy sho‘ro tuzumi uchun xavf tug‘dirdi. Shuning uchun ham u avval 1930-yilda qamoqqa olinib, 10 yilga hukm qilingan va muddatidan oldin qaytgan. Ammo 1937-yilda ikkinchi bor qamoqqa olingan va qatl etilgan.

Mazkur davrda Alisher Navoiyning mashhur „Muhokamat-ul lugʻatayn“ va „Vaqfiya“ asarlarini, shuningdek, Boburning „Boburnoma“sini nashr ettiradi. 1914-yilda „Ona tili“ degan maxsus maqola yozib, unda Alisher Navoiyning „Muhokamat-ul lugʻatayn“ asarini oʻzbek tili tarixidagi muhim oʻrni va ahamiyatini alohida taʼkidlab koʻrsatadi. „Sadoyi Fargʻona“ gazetasining 1914-yil 1-sonida (3-aprel) yozgan „Soʻzboshi“sida milliy hayot va millatning taraqqiysida milliy matbuot va adabiyotning roli haqida qizgʻin fikr yuritadi, yangi adabiyot va matbuotning milliy ong va hislarni uygʻotishda maʼnaviy-ruhiy tarbiya sohasida muhim qudratli qurol ekanligini koʻrsatib oʻtadi. Jumladan, u bu haqda alohida toʻxtab shunday deb yozadi: „Gazeta har bir millatning tarjimonidirki, bilmagan narsalarini bildirar va ham millatning muddaosini boshqa­larga bildirar. Yana boshqa bir soʻz bilan aytilsa, gazeta har bir millatning tilidir. Gazetasiz millat tilsizdir. Zero, tili va adabiyoti yoʻq millat millat emasdir. Har kimning dunyoda tirik turmogʻi uchun havo bilan suv qanday lozim boʻlsa, har qavmning hayoti saodati uchun ul millatning adabiyoti va matbuoti boʻlmogʻi lozim“ („Sadoyi Fargʻona“ gazetasi, 1914-yil, № 1).

Bundan tashqari u mazkur yilda buyuk qrim-tatar ma’rifatchisi va islohotchisi bo‘lgan Ismoilbek Gaspiralining bevaqt vafoti bilan „Marhum Ismoilbek qanday ishlar qilgan?“ degan yana bir muhim maqola e’lon qiladi. Maqolada Ismoil Gaspiralining Boqchasaroydagi yoshlik va o‘qish yillari, ish faoliyati va keyinchalik Moskva, Parijdagi o‘qishlari, askariy xizmatlari, Qrimga qaytib, yangi usul maktab ochishi va „Tarjumon“ (1883) nomli gazeta chiqarib, darsliklar yozishi, bularni keyinchalik butun Rossiya musulmon matbuoti va maktablarining rivojiga ko‘rsatgan hayotbaxsh ta’siri haqida fikr yuritadi. Ayniqsa, „Rusiya musulmonlari“ kitobiga katta baho berib, bu haqda shunday deb yozadi: "Ismoilbek janoblarining „Rusiya musulmonlari“ asari 30-40 sahifadan iborat bo‘lsa ham „Ismoilbek“ deganda hamma turk, tatar birdan Boqchasaroyg‘a qarab ta’zim qilmoqqa loyiq va sazovor etgan xizmatlarining bundan necha yil muqaddam (butun turk-tatar olamini qorong‘ulik o‘rab olg‘on vaqtda) tuzgan dasturni istiqbolda tasavvur etgan ishlarining loyihasidir. „Rusiya musulmonlari“ asaridan turk va tatar millati ilm va hunardan mahrumdirlar, agar shul ketishda davom etsalar, oxiri yutulib, munqaruz bo‘lurlar. Endi alarning bu zaif, bunday keyinda qolmoqlarig‘a sabab nima? Turk-tatar millatini mahv va inqirozdan qutqarmoq uchun nima qilmoq lozim? degan savollar berib, bunga javoban qayd etadi: bizning bu zaifligimizga sabab jahlimiz, Ovro‘pa ilm va maorifidan bahrasizligimizdir. Bundan qutulmoq uchun o‘qimog‘imiz lozim, Ovro‘pa ilm afkorini oramizg‘a suqmaqlig‘imiz lozimdir. Lekin, Ovro‘pa ilm va maorifini turk-tatarlar orasig‘a faqat o‘z maktab va madrasalarida o‘z tillari bilan idhol etmoq mumkindir. Bu jihatlar birla Rusiyada yashag‘uvchi turkiylarning o‘z adabiyotlari bo‘lur, – degan fikrini, avval turk-tatar mutafakkirlarining yuqori tabaqalarig‘a ruscha asari bilan bildirdi. Umumiyroq suratda bildirmoq qasdi birla 1883-yilda „Tarjumon“ gazetasini chiqarmoqqa ruxsat oldi ham shu yil 10-apreldan nashrg‘a boshlab, o‘ylag‘on fikrini yozmoqg‘a boshladi.

„Tarjumon“ chiqmog‘i bilan bolalarg‘a qirq kun ichida turkcha o‘qib, yozmoq mumkin ekanligini ko‘rsatmoq uchun Boqchasaroyning „Qaytmaz og‘a“ mahallasining bir-ikki maktabini tuzatib, madrasa shogirdidan Bakir afandi talabaga usuli savtiya ta’limlarini o‘rgatib, bo‘ladurg‘on birinchi muallimning ham tadorkini etdi" (Qarang: „Sadoyi Farg‘ona“ gazetasi, 1914-yil, 17-sentabr, № 60, 1-2 betlar).

Ashurali Zohiriyning mazkur maqolasi ushbu yilda Ismoilbek vafoti munosabati bilan yozilgan Mahmudxoʻja Behbudiyning „Ismoilbek ila musohaba“, Hamzaning „Yavmul vafot“ (1914) kabi maqolalari va S.Ayniy, Tavallolarning marsiyalariga gʻoyaviy jihatdan hamohang edi.

Ashurali Zohiriy bu bilan cheklanib qolmadi. Zamondoshlarining xotiralariga qaraganda u 1912-1913-yillarda ichki Rossiyadagi tatar musulmonlarining yangi maktab va maorif sohasidagi tajribalarini oʻrganish maqsadida Qozonga ham boradi, u yerdagi muallimlar va ularning oʻqitish metodlari bilan tanishadi. Qosimiya madrasasida turk-tatar tarixidan dars beruvchi Ahmad Zakiy Validiy Toʻgʻon bilan uchrashadi, uning 1912-yilda bosilgan „Turk-tatar tarixi“ kitobi bilan qiziqadi. Kitob muallifiga koʻpdan Fargʻona xonlari tarixini oʻrganib yurganligi, lekin ularning Turkiston umumiy tarixi jarayonidagi oʻrnini belgilashda qiynalib turganini aytadi. Qoʻqonga qaytgach, mazkur sayohat taassurotlari ostida bu yerdagi taraqqiyparvar doʻstlari bilan birga „Gʻayrat“ nomli kutubxona ochadi.

Qoʻqondagi rus-tuzem maktabi oʻqituvchisi Serkiboy Oqaev bilan hamkorlikda „Turkiy xrestomatiya yoxud terma kitob“ (1912)ini yozib, unga yangi usul maktablarida oʻqiydigan talabalarni maʼnaviy-ahloqiy va ruhiy jihatdan tarbiyalash uchun oson boʻlgan turli badiiy, didaktik namunalarni beradi, ularni imlo, xat-savod jihatdan toʻgʻri tarbiyalash uchun 1916-yilda koʻrgazmali „Imlo“ risolasini nashr ettiradi. Asta-sekin u, maʼrifatchilik, matbuotchilik ishlari bilan birga, oʻlkadagi milliy istiqlolchilik ishlariga ham aralashib, „El bayrogʻi“ (1917) gazetasi va „Yurt“ jurnalida faol ishtirok etadi. Jumladan, 1917-yil rus fevral inqilobidan keyin mazkur yilning 1-iyunidan Qoʻqonda oʻzi chiqara boshlagan „Yurt“ jurnalida Choʻlpon, Shokir Muxtoriy va boshqalarning Turkiston muxtoriyati gʻoyasi uchun kurash ruhidagi sheʼr va maqolalarini eʼlon qiladi. „El bayrogʻi“ gazetasida Choʻlponning muxtoriyat gʻalabasidan cheksiz quvonib yozgan „Ozod turk bayrami“ sheʼrini bosadi.

Ko‘z oching, boqing har yon, Qardoshlar qanday zamon, Shodliklar bo‘ldi jahon, Fido bu kunlarga Hurriyat bayrog‘imiz, Adolat o‘rtog‘imiz, Xursand bo‘lgan chog‘imiz, Mevalasin bog‘imiz. 1913-1914-yillarda ilmiy izlanishlar olib borish maqsadida Farg‘onada bo‘lib, keyin (1917-yil rus fevral inqilobidan so‘ng) Turkistondagi milliy istiqlolchilik kurashida faol qatnashgan mashhur turkiyshunos olim Ahmad Zaki Validiy To‘g‘on ham 1969-yilda Istanbulda bosilgan turkcha „Xotiralar“ kitobida 1913-1914-yillarda Qozon universiteti professori Katonov yo‘llanmasi bilan Farg‘onada bo‘lganligi, bu yerda Cho‘lpon, N.To‘raqulov va A.Zohiriy boshqalar bilan tanishganligi, Ashurali Zohiriy uyida yashab, u bilan hamkorlikda birmuncha madaniy-ma’rifiy ishlarni amalga oshirganligini eslaydi. 1917-yilda ikkinchi bor Turkistonga kelib, bu yerda muxtoriyat g‘oyasi g‘alabasi uchun kurashda rus unitarist millatchilarining qarshiligini yengishda, Mahmudxo‘ja Behbudiy, Ubaydulla Xo‘jaev bilan birga, Ashurali Zohiriy ham yordam berganini yozadi.

Shu bilan birga Ashurali Zohiriy bu yillarda ham pedagogik faoliyatini to‘xtatmaydi. 1917-yil sentyabridan e’tiboran Farg‘ona viloyati ma’rifatparvarlari va maorif jamiyati a’zolari yordamida tashkil bo‘lgan maktablar uchun muallimlar tayyorlovchi dorilmualliminda Bulat Soliyev, Hodi Fayzi, Qori Niyoziy kabi pedagoglar bilan birga ishlaydi, u yerda o‘zbek tili va adabiyotidan dars beradi. Dorilmuallimin keyinchalik Farg‘ona viloyat ta’lim-tarbiya texnikumdan mashhur o‘n uch qaldirg‘och – Rahim Otajonov, Faxriddin Shamsuddinov, Tesha Zohidov, Fattoh Rahmonov, Ulug‘ Tursunov kabi mashhur olim, muhandis va muharrirlar yetishib chiqadi va ular o‘lkamizning turli oliy, o‘rta maxsus o‘quv yurtlari, ilmiy muassasa va nashriyotlarida ishlab, fan va madaniyatimizni yuksaltirishga munosib hissa qo‘shadilar.

Ashurali Zohiriy bu davrda faqat bilim yurtida adabiyotdan dars beribgina qolmay, o‘lka bilim yurtlari uchun Cho‘lpon bilan hamkorlikda „Adabiyot parchalari“ (1925) nomli maxsus xrestomatiya ham tuzdi. Kitobda muallif o‘zbek klassik adabiyotining ulug‘ namoyandalari Alisher Navoiy, Bobur, Muqimiylardan tortib, XX asr boshlari va 20-yillardagi yangi o‘zbek adabiyotining Abdulla Qodiriy, Cho‘lpon, Elbek, Botu, Rafiq Mo‘min kabi vakillarigacha bo‘lgan ijodkorlarning turli janrlardagi asarlaridan namunalar berdi.

Ashurali Zohiriy 1921-1930- yillarda Qo‘qonda „Yangi Farg‘ona“ (1921-1926-yillarda „Farg‘ona“ nomi bilan chiqqan) gazetasida Cho‘lpon, Hamza, Nazir To‘raqulov, Lutfulla Olimiy, Botu, Abdulla Qahhor va boshqalar bilan birga ishlab, yangi o‘zbek adabiyoti va matbuoti, maorifi va madaniyati, uning yutuq va kamchiliklari haqida ilmiy publitsistik maqolalari bilan faol qatnasha boshlaydi. 20-yillarda Turkistonda kuchaya boshlagan til va imlo masalalari, adabiy merosga munosabat bahslariga faol aralashib, bu borada milliy adabiy tilimizning qonun va qoidalari, klassik adabiyot va folklor merosimiz haqida qimmatli fikr va mulohaza bildirdi.

Ashurali Zohiriy bu davrlarda, o‘zbek klassik adabiyoti va uning mashhur namoyandalari Alisher Navoiy, Bobur, Muqimiy bilan birga, boy o‘tmish madaniy va ma’naviy merosimiz bo‘lgan folklor asarlariga ham shunday katta ehtirom va hurmat bilan qaradi, ularda xalqimizning o‘tmish tarixi, urf-odatlari, maishiy hayoti, orzu-umidlari va armonlari, kechinmalari yorqin aks etganligini chuqur his qildi, bu borada ko‘plab manba va materiallar (ertak, maqol, qo‘shiq, yor-yor va boshqalar) to‘pladi, maxsus maqolalar yozdi. Ayniqsa, xalq orasida keng tarqalib, asrlar davomida kelin-kuyov to‘ylarimizda aytilib kelingan yor-yor qo‘shiqlari (o‘lanlari)ni to‘plab, so‘zboshi bilan e’lon qildi. Kirish maqolasida yor-yor qo‘shiqlarining haqiqiy mohiyati, dardli ohanglarini chuqur tahlil qilib beradi: "O‘zbek xotin-qizlarining yor-yor kuylarining o‘ynoq ohanglari ichida qanchalik mung, qanchalik huzn borligini kim bilmaydi? Qiz hayotining eng saodatli va umrda tug‘ilish va o‘lish kabi bir marta bo‘ladigan kun, to‘y kuni, o‘zbek qizi uchun qanday falokatli, qanday qaro bir kun bo‘lar edi.

Ko‘ngil istagidan mahrum, sevgi lazzatidan benasib, umr savdosi yuzasidan umrbod g‘amgin, shikasta dil, shikasta xotir, o‘zbek qizlari o‘z uyini naqadar g‘amginlik bilan tark etadi:

Oq miltiqqa qora qilib otgan otam, O‘z qizini yot qilib sotgan otam. Hay-hay o‘lan jon o‘lan, Mis panjara yor-yor. Har jafoga ko‘nadi, qiz bechora yor-yor. Eski hayotning buzg‘un sharoiti, qadimgi muhitning chirik qonunlari, hammadan ko‘ra ko‘proq xotin-qizlar boshiga kulfat bo‘lib tushgan edi. Insonlik huquqidan mahrum etilgan o‘zbek xotini uchun butun dunyo qorong‘i edi. Bechora dunyoda baxt degan narsa borligiga ishonmaydigan bo‘lib qolgan edi:

Andijonda o‘t yoqsam, O‘shda tutun, Bu dunyoda bormikan bag‘ri butun. Ashurali Zohiriy e’lon qilgan ushbu laparlar va unga yozilgan so‘zboshi shu davrlarda bosilgan Elbekning „Laparlar“ (1992), „Ashulalar“ (1935), Rafiq Mo‘minning „Qo‘shiqlarimiz“, Shokir Sulaymonning „Xalq adabiyoti“ (1923), G‘ozi Olim Yunusovning „Alla to‘g‘risida bir necha so‘z“ (1926) kabi maqolalari qatori muhim g‘oyaviy-tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘ldi.

Lekin, afsuski, shunga qaramay, 20-yillarning oxirlarida Ashurali Zohiriy, Qo‘qondagi bir guruh taniqli ziyolilar qatori, „Botir gapchilar“ nomli maxfiy millatchilik tashkilotining a’zosi bo‘lgan degan siyosiy tuhmat bilan begunoh qamaladi. U 30-yillar oxirida qatag‘onga uchrab, hayoti va faoliyati, merosi uzoq yillar o‘rganilmay keldi. 50-yillar oxirlarida rasman oqlangandan keyingina Ashurali Zohiriy biografiyasiga doir ma’lumotlar ko‘rina boshladi.

Shundan so‘ng qamoqda biror yil qiynoqda yotgach, oxiri 1931-yil 25-aprelda OGPUning sud komissiyasi majlisi uni millatchilik tashkiloti „Botir gapchilar“ning faol a’zosi degan aybnoma bilan Lutfilla Olimiy, Yoqub Omon, Abdulla Rahmatzoda, Nosir Erkin, Nuriddin Ermatov, Abdulla Qahhorlar bilan turli muddatga qamoq va surgun jazosiga hukm qiladi. (Bular ichida faqat Abdulla Qahhor gunohsiz topilib, tezda hibsdan ozod etiladi). Ashurali Zohiriy g‘oyaviy rahbar bo‘lgan degan aybda o‘n yilga surgun bo‘ladi. Oila a’zolari (33 yoshli rafiqasi Malikaxon, 15 yoshli o‘quvchi qizi Mohira, 4 yoshli o‘g‘li Marat, 2 yoshli Najib va boshqalar) ko‘ngillari vayron bo‘lgan holda og‘ir ahvolda qoladilar. U boshqa o‘ziga o‘xshagan baxtsiz, erksiz mahbuslar qatori uzoq surgunda og‘ir jismoniy mehnat azoblarini boshdan kechiradi. Oxiri 1936-yilda mehnat lageridan qaytadi, lekin u siyosiy ta’qib va kuzatuvlardan qutila olmaydi. 1937-yil 5-sentyabrdauyi tintuv qilinib, o‘zi yana qamoqqa olib ketiladi. 1937-yil 4-sentyabrda O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi qarori bilan unga „Milliy ittihod“ tashkilotining asosi bo‘lgan va so‘nggi vaqtgacha uning topshirig‘i bilan sovet hokimiyati va kommunistik partiyaga qarshi kurash olib borgan, 1936-yil surgundan qaytgach ham bu faoliyatini to‘xtatmagan va aksilinqilobiy millatchilardan Sulaymonov (Cho‘lpon – Sh. T), G‘ozi Yunusovlar bilan aloqa bog‘lab, ig‘vogarona millatchilik fikrlarini tarqatib yurgan" – degan katta siyosiy ayb qo‘yiladi. Shu aybnoma asosida O‘zbekiston Ichki ishlar xalq komissarlari qoshidagi uchlik komissiyasining 1937-yil 4-dekabrdagi majlisi qarori bilan oliy jazoga otuvga hukm qilinadi. Hukm mazkur yilning 28-dekabrida ijro etiladi.

Ashurali Zohiriy 1937 – yilgi boshqa siyosiy qatag‘on qurbonlari kabi faqat Stalin vafotidan keyin bir necha yil o‘tgach, 1958 – yil 15 – sentyabrdagina oqlandi. Lekin haqiqiy ma’noda faqat Mustaqillikdan keyingina qadrini topdi. Umr bo‘yi Vatan hurligini orzu qilgan va bu yo‘lda fidokorona kurashgan ma’rifat va istiqlol fidoyisi nomi dillarda mangu yashaydi.

Sherali Turdiyev „Sharq yulduzi“ jurnalining 4-sonidan olindi.

Manbalar tahrir

Ad.:Madaminov A., Valixonov M., To-jiboyev R., Maʼrifat charogʻboni („Ada-biy meros“), N° 3, T., 1987.