Association for Women in Computing

Association for Women in Computing („Ayollarning hisoblash texnikasi sohasidagi assotsiatsiyasi“ AWC) — hisoblash sohasida ishlaydigan ayollarni jamlaydigan, Amerika professional tashkiloti. U 1978-yilda Vashingtonda tashkil etilgan boʻlib, Hisoblash texnikasi boʻyicha mutaxasislarni sertifikatsiyadan oʻtkazish instituti (ICCP) aʼzosi hisoblanadi[1].

Tashkilotning maqsadiTahrirlash

AWC ning belgilangan maqsadi ayollarga tarmoq, uzluksiz taʼlim va murabbiylik orqali hisoblash texnikasi sohasida professional yuksalish uchun qoʻshimcha imkoniyatlarni taqdim etishdan iborat[2]. Buning uchun tashkilot kompyuter sanoatida ayollar duch keladigan muammolar haqida xabardorlikni oshiradi, ayollarning kompyuter sohasidagi kasbiy rivojlanishi va taraqiyyoti yoʻlida yordam beradi va ayollarni kompyuter fanlari sohasida martaba orttirishga undaydi. AWC — axborot texnologiyalariga qiziquvchi ayollar va erkaklar uchun, Amerika milliy notijorat professional tashkiloti hisoblanadi[3]. Shuningdek, AWC Ada Lavleys mukofoti muntazam ravishda ikki sohadan birida yuqori natijalarga erishgan kishilarga topshiriladi: atoqli ilmiy va texnologik yutuqlarga erishgani uchun va/yoki ayollarning hisoblash sohasidagi yutuqlari va hissalari orqali hisoblash jamiyati oldida qilgan atoqli xizmati uchun.

Tashkilotning tarixiTahrirlash

AWC 1978-yilda notijorat tashkilot sifatida tashkil etilgan boʻlib, dastlab „Kompyuter sohasidagi ayollar milliy assotsiatsiyasi“ deb nomlangan[4]. Puget Saund boʻlimi, 1979-yil qishda, Donnafay Kerroll Finger va Dayan Xelsig tomonidan tashkil etilgan. Bu ikki ayol, kompyuter sanoatidagi, ayollar uchun yangi uyushma haqidagi maqolani oʻqib chiqib, tez orada Puget Saund-da yangi boʻlim ochishni muhokama qilishgan. AWC ning qardosh shaharlar boʻlimi birinchi marta 1979-yil dekabrda yigʻilish oʻtkazdi va 1981-yil 6-mayda charter boʻlimiga aylandi[5].

BoʻlimlariTahrirlash

AWC quyidagi boʻlimlarga ega:

  • Montana State University (Montana davlat universiteti);
  • Nyu-Jersi (Nyu-Jersi);
  • Seattle, Washington (Sietl, Vashington);
  • Twin Cities, Minnesota (Qardosh shaharlar, Minnesota);
  • Puget Sound Washington (Pujet Saund Vashington).

Shuningdek qarangTahrirlash

ManbalarTahrirlash

  1. „Association for Women in Computing - Home“. acw-hq.org. 23-aprel 2022-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 12-dekabr 2021-yil.
  2. Gay, Martin K.. Recent Advances and Issues in Computers. Oryx Press, 2000 — 190 bet. ISBN 1573562270. „Association for Women in Computing.“ 
  3. „Association for Women in Computing - Puget Sound - Home“ (en) (deadlink). www.awcps.org. 19-mart 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi.
  4. Mardesich, Jodi (17–oktabr 1994–yil). „Networking Groups Strive to Put Women Back in the Loop“. InfoWorld. 2021-12-12da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 2021-12-12. {{cite magazine}}: Unknown parameter |deadlink= ignored (|url-status= suggested) (yordam)CS1 maint: date format ()
  5. „About AWC – AWC Twin Cities“ (en) (deadlink). www.awctc.org. 14-fevral 2017-yilda asl nusxadan arxivlandi.

HavolalarTahrirlash