Astragal (Astragalus) – burchoqdoshlar oilasiga mansub oʻsimliklar turkumi. Oʻt, chala buta va ba’zan butalardan iborat. 1600 turi bor. Barglari odatda murakkab, toq patsimon. Gullari kallak yoki boshoqsimon toʻpgulda joylashgan. Mevasi – dukkak. Oʻrta Osiyoda 592 va Oʻzbekistonda 250 turi oʻsadi. Talayginasi (noʻxatak, singren) yaxshi yem-xashak hisoblanadi. Kopetdogʻ va Turkmanistonda oʻsadigan A.dan (A. piletocladus, A. turcmenorum) tibbiyotda, qandolat sanoatida va texnikada qoʻllaniladigan, suvda erimay, faqat boʻkadigan tragakant yelimi olinadi. Ayrim turlarining yer ustki qismi tarkibida glitserizin moddasi, flavonoidlar va mikroelementlar bor. Damlamasi gipertoniya kasalligini davolashda qoʻllaniladi.

Astragalus alpinus

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil