Astrograf (astro... va ... graf) –osmon yoritqichlarini fotografik usulda kuzatish uchun moʻljallangan teleskop. U koʻpincha optik oʻqlari bir-biriga pa-rallel ikki truba: osmon yoritqichlarini suratga tushiradigan asosiy va kuzati-layotgan yoritqichga boʻlgan yoʻnalishni oddiy koʻz bilan tekshirib turish uchun moʻljallangan vizual trubadan iborat boʻladi. A. yordamida suratga olish ba’zan juda uzoq, (bir necha soat) davom etadi: shuning uchun osmon gumbazi bilan birga harakatlanadigan yoritqichlarni kuza-tishni osonlashtirish maqsadida A. soat mexanizmlariga ega boʻlgan maxsus paral-laktik qurilmalarga oʻrnatiladi. Astro-metrik ishlarda fokus masofasi 2 m dan kam boʻlmagan A. qoʻllaniladi. A.ning fokus masofasi ortgan sari uning yor-damida olinadigan fotosuratning mas-shtabi ham kattalashadi. Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Astronomiya institutida fokus masofasi 2,0; 3,0 va 3,4 m li A.lar bor.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil