Bosh menuni ochish

Astronomiya geodeziya tarmogʻi — Bir-biridan taxminan. 70—100 km uzoqlikda joylashgan astronomiya-geodeziya punktlarining oʻzaro bogʻlangan tizimi. Ana shunday punktlarning geografik koordinatalari masofa va burchaklarni geodezik oʻlchashdan, astronomik kuzatishlardan topiladi. Astronomiya-geodeziya punktining geografik kenglamasi, uzunlamasi va azimutini geodeziya usullarida oʻlchanadi, soʻngra Yerni aylanma ellipsoid deb faraz qilib, astronomik kuzatishlardan olingan maʼlumotlarga taqqoslanadi. Ikkala usulda olingan natijalar farqi qabul kilingan ellipsoidning geoiddan farqini ifodalaydi. Uni hisobga olib yangi ellipsoid qabul qilinadi va shu yoʻl bilan Yerning haqiqiy shakli va oʻlchamlariga yaqinlashiladi[1].

ManbalarTahrirlash

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent 2000-yil

HavolalarTahrirlash