Audemus jura nostra defendere — lotinchaBiz oʻz huquqlarimizni himoya qilishga jur’at qilamiz“ yoki „Biz oʻz huquqlarimizni himoya qilamiz“ — Alabama shtatining shiori boʻlib, Alabamaning rasmiy gerbida tasvirlangan. Hozirgi gerb dizayni 1923-yilda shtat tarixchisi va Alabama arxivlar va tarix departamenti direktori Marie Bankhead Owenning taklifiga koʻra yaratilgan. U 1939-yil 14-martda rasman qabul qilingan. Shiorning oʻzi gerbning pastki qismidagi oltin tasmada yozilgan. Gerbning markazida joylashgan qalqon toʻrt qismga boʻlingan boʻlib, unda Fransiya Qirolligi, Kastiliya qirolligi, Buyuk Britaniya va Irlandiya Birlashgan Qirolligi va Amerika Konfederativ Davlatlari bayroqlari tasvirlanadi, markaziy qismda esa Amerika Qoʻshma Shtatlari bayrogʻi tasvirlangan. Taqir burgutlar esa qalqonning har ikki tomonida uni tutib turadilar. Yuqori qismda Bienville Mobile koloniyasiga joylashishdan oldin kelgan Baldine yelkanli kemasi qizil bayroqchalar bilan tasvirlangan[1].

Alabama gerbi

Tarix tahrir

 
1868-yildan 1939-yilgacha amalda boʻlgan Alabama muhri. „Bu yerda biz dam olamiz“ jumlasi oʻsha davrda rasmiy davlat shiori boʻlib xizmat qildi. Shtatning 1819-yilgi birinchi muhri bu muhr bilan almashtirildi, 1939-yildan yangi rasmiy muhr qayta qabul qilindi. Unda mazkur shior mavjud emas.

Zamonaviy Alabama shiori 1923-yilda yaratilgan gerbda ham tasvirlangan. U rasman 1939-yilda foydalanish uchun qabul qilingan[2]. Bu ikkinchi davlat shiori hisoblanadi. Birinchi shior 1868-yil 29-dekabrda qayta qurish davrida shtat qonun chiqaruvchi organi tomonidan Alabamaning ikkinchi muhrida foydalanish uchun qabul qilingan. Unda Amerika qalqoni tepasida tumshugʻida „Biz dam olamiz“ shiori yozilgan bannerni ushlab turgan oq boshli burgut tasvirlangan[3][4].

Hozirgi shiorning manbai „An Ode in Imitation of Alcaeus (Alkayga taqlid qilingan qasida)“ satrlaridan olingan boʻlib, uning birinchi qatori „Davlat nimadan iborat?“ soʻzlari bilan boshlanadi[2]. U 1781-yilda XVIII asr liberal ingliz filologi ser William Jones tomonidan nashr etilgan. Bu sheʼr uning davlat va axloq haqidagi gʻoyalarini ilgari surdi va olimlar tomonidan uning eng yirik siyosiy sheʼri sifatida baholandi. Unda u zamonning keng tarqalgan korruptsiyasi va monarxiya hokimiyatidan notoʻgʻri foydalanishni tanqid qiladi[5]. Bu soʻzlar Mari Bankhead Owen tomonidan shiorga aylantirildi, keyin uni Alabama universiteti professori W.B.Saffold lotin tiliga tarjima qildi[2].

 
Alabama shtatidagi Huntsville shahri yaqinidagi shiorning tarjimasi yozilgan tosh

What constitutes a State?

Not high-raised battlement or labored mound,

Thick wall or moated gate;

Not cities proud with spires and turrets crowned;

Not bays and broad-armed ports,

Where, laughing at the storm, rich navies ride;

Not starred and spangled courts,

Where low-browed baseness wafts perfume to pride.

No:—men, high-minded men,

With powers as far above dull brutes endued

In forest, brake, or den,

As beasts excel cold rocks and brambles rude;

Men, who their duties know,

But know their rights, and, knowing, dare maintain,

Prevent the long-aimed blow,

And crush the tyrant while they rend the chain:

These constitute a State,

And sovereign Law, that State’s collected will,

O’er thrones and globes elate,

Sits Empress, crowning good, repressing ill.

Smit by her sacred frown,

The fiend, Dissension, like a vapour sinks,

And e’en the all-dazzling crown

Hides her faint rays, and at her bidding shrinks.

Such was this heaven-loved isle,

Than Lesbos fairer and the Cretan shore!

No more shall Freedom smile?

Shall Britons languish, and be men no more?

Since all must life resign,

Those sweet rewards which decorate the brave,

’Tis folly to decline,

And steal inglorious to the silent grave.[6]
— Sir William Jones, An Ode in Imitation of Alcaeus

Tarjimasi: tahrir

Davlat nimadan iborat?

Baland ko'tarilgan jangovar tog' yo tepalik emas u,

Qalin devor yoki ayvonli darvoza emas bu;

Toj kiygan ayvonlar va minoralar bilan mag'rur;

Ko'rfazlar va keng qurolli portlar emas u.

Qayerda, bo'rondan kuch olib, dengiz flotin boshqarilar;

Yulduzli va o'ralgan sudlarmas ular,

Qayerda qora qosh pastkashlar iftixor tuyar.

Balandparvoz so'zlar aytguvchilar yo'q.

Ahmoqona vahshiylardan yuqori kuchga ega chiqqan

O'rmonda, chakalakzorda yoki chuqurlikda,

Hayvonlar sovuq qoyalardan va qo'pol shoxlardan ustun bo'lganidek;

O'z vazifalarini biladigan erkaklar'

Ammo ularning huquqlarini biling va bilib, himoya qilishga jur'at eting,

Uzoqdan mo'ljallangan zarbani oldini oling

Va zolimni ular zanjirni uzayotganda ezg'ilab tashlang:

Bular davlatni tashkil qiladi,

Va suveren qonun, bu davlatning yig'ilgan irodasi,

O'shal taxtlar va yer shari shodlanar bundan,

Imperator o'tiradi, toj kiydirilar, muammo etiladi hal.

U muqaddas qovog'ila yuz burar undan,

Shayton, ziddiyati,xom hayol bo'lar

Va e'en toji ko'zni qamashtirar

O'zining zaif nurlarini yashiradi va uning taklifila qisqaradi.

Bu jannat sevgan orolemasmi asli,

Lesbos va Krit qirg'og'idan ko'ra go'zalroq!

Endi Ozodlik kulib boqdimi?

Britaniyalik zaiflashib, endi erkak bo'lmay qoldimi?

Hamma hayotdan voz kechishi kerak ekan,

Mardlar belgisi totli mukofot,

Rad etish ahmoqlik,

Va sokin qabrdan mudxish o'g'irlik.
— Sir William Jones

Manbalar tahrir

  1. „Coat of Arms“. Alabama Department of Archives and History. State of Alabama. 2012-yil 3-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 28-oktyabr.
  2. 2,0 2,1 2,2 „Official Alabama State Motto“. Alabama Department of Archives and History. State of Alabama (2010-yil 13-yanvar). 2012-yil 15-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 28-oktyabr.
  3. „Great Seal: Here We Rest“. Alabama Department of Archives and History. State of Alabama. 2016-yil 3-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 28-oktyabr.
  4. „The Alabama Great Seal“. Alabama Department of Archives and History. State of Alabama (2010-yil 12-yanvar). 2012-yil 20-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 28-oktyabr.
  5. "William Jones". Encyclopedia of World Biography. Advameg, Inc.. http://www.notablebiographies.com/supp/Supplement-Fl-Ka/Jones-William.html. Qaraldi: October 28, 2012. 
  6. Jones, Sir William. An Ode in Imitation of Alcaeus. London: Society for Constitutional Information, 1782. OCLC 54228603.