Avona ibn al-Hakam
Abu al-Hakam Avona ibn al-Hakam ibn Avona ibn Vazr ibn Abdulharis al-Kalbiy ((arabcha: أبو الحكم عوانة بن الحكم بن عوانة بن وزر الكلبي); 764-yilda vafot etgan) – kufalik arab tarixchisi. Asarlari Hishom ibn al-Kalbiy va al-Madainiy asarlarida Umaviylar tarixi uchun asosiy manba boʻlgan.
Biografiyasi
tahrirAvona 727-yilda Xurosonning umaviylar noibi, keyinroq Sind noibi boʻlgan al-Hakam ibn Avonaning oʻgʻli edi[1]. Bu oila Suriyaning Banu Kalb qabilasidan chiqqan, ammo Avona Iroqning Kufa shahrida istiqomat qilgan[1]. Garchi Umaviylar davrida Suriyadan kelib chiqqan musulmon anʼanalari yoʻqolgan boʻlsa-da (ehtimol, 750-yilda bu hududning Abbosiylar qoʻliga oʻtishi natijasida), ular haqidagi ayrim maʼlumotlar Avananing hikoyalarida uchratish mumkin[2]. Umaviylar davri uchun muhim maʼlumotlar toʻplagan[3]. At-Tabariy (vafoti 923) tarixida Suriyaga oid masalalarda tez-tez tilga olinadi[2] va tarixchilar Hishom ibn al-Kalbiy (vafoti 819) va al-Madoiniy (vafoti 843) uchun tarixiy manba boʻlgan[3].
Adabiyotlar
tahrir- Crone, Patricia. Slaves on Horses: The Evolution of the Islamic Polity. Cambridge: Cambridge University Press, 1980. ISBN 0-521-52940-9.
- Elad, Amikam. Medieval Jerusalem and Islamic Worship: Holy Places, Ceremonies, Pilgrimage, 2nd, Leiden: Brill, 1999. ISBN 90-04-10010-5.
- Wellhausen, Julius. The Arab Kingdom and Its Fall. Calcutta: University of Calcutta, 1927. OCLC 752790641.
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 Crone 1980.
- ↑ 2,0 2,1 Wellhausen 1927.
- ↑ 3,0 3,1 Elad 1999.