Bosh menuni ochish

Avstriya-Fransiya urushi (1809) – Fransiyaning Yevro-padagi hukmronligini sindirib, o‘z mustaqilligini saqlab qolish maqsadida Avstriyaning Fransiyaga qarshi urushi. Avstriya urushdan oddin Angliya bilan ittifoq tuzdi. Avstriya armiyasining asosiy qismi 1809 i. 10 aprelda Inn daryosini kechib, Regensburg yonidagi Fransiya armiyasiga zarba berdi va Bavariyaga bostirib kirdi. Napoleon mohirlik bilan urush harakatlari maydoniga ko‘p qismdan iborat armiya tashladi. 22 aprelda Ekmyul jangida Avstriya armi-yasi katta talafot ko‘rib Venaga chekindi. Fransuzlar 13 mayda Venani egalladi va 5–6 iyulda Vagram yonida avstriyali-klarni yengdi. Avstriya 1809 yil 14 oktabrda Shyonbrunn sulhiga qo‘l qo‘ydi va Fransiyaga qaram davlatga aylandi.[1]

ManbalarTahrirlash

  1. "Avstriya-fransiya urushi" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil