Avtarkiya
Avtarkiya (yun. avtarkeia – o‘z-o‘ziga yetarli) – mamlakatning o‘z-o‘zini ta’minlash qoidasiga asoslangan, boshqa mamlakatlar bilan iqtisodiy aloqalardan uzilib qolgan biqiqit xo‘jalik yuri-tish siyosati. A.ning asosiy vositalari: mamlakatga kiritiladigan tovarlar uchun yuqori cheklovchi bojlar va kvotalar joriy etish; iste’mol tovarlari narxini oshirish; boshqa mamlakatlar bilan iqtisodiy va savdo aloqalarini ri-vojlantirishda turli to‘siqlar qo‘yish. Jahon iqtisodiy-xo‘jalik aloqalaridan uzilib qolish amalda mamlakatda natural xo‘jalik yuritishga olib keladi.
AdabiyotlarTahrirlash
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |