Avtoportret (yun. autos – oʻz, frans. portrait – tasvir) – portret turi. A.da rassom yoki haykaltarosh oʻzini oʻzi tasvirlaydi. Odatda A. ustida ishlayotganda muallif koʻzgu yoki bir nechta koʻzgulardan foydalanadi, asarda oʻz shaxsiyati (obrazi)ni koʻrsatadi, oʻz tabiatini, ichki dunyosini, ijodiy fal-safasini ifodalaydi. A. qadimdan mav-jud boʻlib, antik davr, oʻrta asr, ayniqsa, Uygʻonish davrida keng rivojlangan. A. inson ruhiyati, ma’naviy dunyosini ochib berishga intilish kuchaygan davrlarda koʻplab yaratilgan. Uygʻonish davri san’atkorlari: Rafael, Leonardoda Vinchi, Rembrandt, Dyurer, Van Deyk, Bryullovlarning A.lari mashhurdir. Oʻzbekiston tasviriy san’atida A. 20-asrning 20 – 30-yillaridan keng tarqala boshladi. Ras-somlardan A. Volkov, A. Siddiqiy, B. Hamdamip va boshqa ham A. yaratgan. Ayniqsa A. Abdulyaayev ijodida A. muhim oʻrin egallaydi.

AdabiyotlarTahrirlash

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil