Axchakul — Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi koʻl. Beruniy tumani hududida, Sulton Uvays togʻlarining janubi-sharqiy etagida joylashgan. Axchakul Janubiy Oqchadaryo deltasidagi pastqam shoʻrxoklikda sugʻorishdan ortgan tashlama suvlarning toʻplanishi natijasida 70-yillarda vujudga kelgan. Uzunligi 12 km, eni 2 km, oʻrtacha chuq. 1,5 — 3 m. Koʻlning katta qismi qamish, qoʻgʻa va gidrofitlar bilan band. Keyingi yillarda koʻlga zovur suvining tushishi (Beruniy tashlamasi va b.) natijasida shoʻrligi ortdi. Shoʻrligi 1 l da 10 — 12 g. Baliqchilikda foydalaniladi.

Adabiyotlar va manbalar roʻyxati tahrir

1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent 2000 yil