Anna Andreevna Axmatova (taxallusi; tugʻilgandagi familiyasi Gorenko) (1889-yil 11-iyun, Odessa — 1966-yil 5-mart, Moskva viloyati, Domodedovo shahri; Sankt-Peterburgda dafn etilgan) — rus shoirasi.

1910-yildan asosan Peterburgda yashagan. Birinchi sheʼrlar kitobi „Oqshom“ 1910-yilda chiqqan. „Tasbeh“ (1914), „Oqgala“ (1917), „Bar-gizub“ (1921) va boshqa kitoblaridagi sheʼrlarida lirik kechinmalar, tanholik tuygʻulari ifodalangan. Inqilobiy voqeliqdan uzoq boʻlsada, A. bari bir muhojirlarni, yaʼni vatangado kishilarni qoralab sheʼrlar yozadi („Men oʻz yerini tashlaganlar bilan birga emas-man…“).Bir necha yillar mobaynida A. ijodining yangi qirralari shakllandi, asarlarida Vatan mavzui ustunlik qila boshladi. 30 −40-yillardagi sheʼrlarida Vatan, vatanparvarlik mavzulari keng aks etgan („Oltin kitobdan“, 1940; „Tan-langan asarlar“, 1944). Ikkinchi jahon urushi yillarida Toshkentda yashab, „Toshkent sheʼrlari“ (1944) turkumini yaratgan. „Qahramonsiz poema“ (1940 — 62) asa-ri — A. ijodining choʻqqisi. „Vaqtning tez oʻtishi“ (sheʼriy toʻplam, 1965) ki-tobida A. ijodining oʻziga xos tomonlari aks etgan. Sharq, Gʻarbiy Yevropa shoirlari ijodidan tarjimalar qilgan („Koreya mumtoz sheʼriyati“, 1958; „Sharq mumtoz sheʼriyati“, 1969 va boshqalar). A. nazmi umuman badiiy soddaligi, loʻndaligi va uslubining oydinligi, obrazlarining aniqligi va odmiligi, chuqur lirikli-gi va musiqiyligi bilan alohida ajralib turadi. Sheʼrlari oʻzbek tiliga tarji-ma kilingan (1966,1969). Toshkentda A. yashab ijod etgan uy oʻrnida qurilgan binoga (Sodiq Azimov koʻchasi, 54) shoi-ra xotirasini abadiylashtiruvchi lavha oʻrnatilgan (1976).

Xotira tahrir

Pushkin (Axmatova koʻchasi), Kaliningrad, Odessa, Kiev, Donetsk, Toshkent, Moskva, Tyumen, Astraxan, Maykop va Tomskda Anna Axmatova nomidagi koʻchalar mavjud, Yevpatoriyada (Qrim Muxtor Respublikasi) Anna Axmatova oʻtish joyi mavjud.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil