Bela Szepes (né Strauch; 1903-yil 5-sentabr, Iglo — 1986-yil 20-iyun, Budapesht)[1] vengriyalik changʻichi, sportchi, grafik dizayner va jurnalist edi. U 1924-yilgi Qishki Olimpiya oʻyinlarida qatnashgan va 1928-yilgi Yozgi Olimpiya oʻyinlarida nayza uloqtirish boʻyicha kumush medalni qoʻlga kiritgan. U yettita Vengriya chempionatida va uchta Britaniya chempionatida gʻolib chiqib qator medallarni qoʻlga kiritgan edi.

Béla Szepes
Medal soni
Vengriya bayrogʻi Vengriya vakili
Erkaklar atletikasi
Olimpiada o'yinlari
Kumush 1928 Amsterdam Javelin throw

Keyinchalik Szepes grafik rassomi sifatida muvaffaqiyatli faoliyati boshlagan va Vengriyadagi nufuzli sport karikaturachisiga aylanib ulgurgandi.

Avvalgi hayoti va sport faoliyati tahrir

 
Bela Szepes 1928-yilgi Yozgi Olimpiya oʻyinlarida

Szepes 1903-yilda Avstriya-Vengriyaning Iglo shahrida (hozirgi Spišska Nová Ves, Slovakiya) tugʻilgan va 1918-yilda Magyar Turista Egylet tomonidan changʻi uchishni boshlagan. Besh yil oʻtgach, u sakrashchilarning oʻzlari tomonidan qurilgan tepalikda changʻida sakrash boʻyicha birinchi Vengriya chempioni boʻldi[2]. U 1927-yilda 57 metr masofani bosib oʻtib, oʻzining shaxsiy eng yaxshi koʻrsatkichini oʻrnatgan holda, oʻz faoliyati davomida olti marta changʻida sakrash boʻyicha Vengriya rekordini yangilab beradi[3].

1919—1931-yillarda u Magyar Atétikai Club (MAC) sportchisi boʻlib, nayza uloqtirish turida ham qatnashgan. Oʻz davrining eng muvaffaqiyatli nayza uloqchilaridan biri 1925-yildan 1931-yilgacha Vengriya chempionligini ketma-ket yetti marta yutgan. Bu davrda Szepes 1930-yilda 66,70 metr bilan oʻzining eng yaxshi koʻrsatkichiga erishgan holda beshta milliy rekord oʻrnatadi[4]. Bundan tashqari, u muntazam ravishda Britaniya yengil atletika chempionatida qatnashib, uch marta (1925, 1927, 1929-yillarda) bir necha bor gʻolib chiqadi[5].

Keyingi hayoti tahrir

Szepes Budapeshtdagi Sanʼat va dizayn universitetida tahsil olgan. 1926-yilda oʻqishni tugatgandan soʻng, Szepes Berlinga koʻchib oʻtadi va u yerda bir nechta gazetalarda jurnalist va karikaturachi sifatida ishladi. U 1933-yilda Vengriyaga qaytib keldi va changʻi boʻyicha instruktorlik ishini oldiManba xatosi: The opening <ref> tag is malformed or has a bad name, 1938—1941-yillarda Vengriya yengil atletika jamoasining murabbiyi boʻldi, shuningdek, Nemzeti Sport (1933—1941-yillarda) va keyinchalik Kepes Sport ga (1941—1944-yillarda) muxbir va muharrir sifatida oʻz hissasini qoʻshdiManba xatosi: The opening <ref> tag is malformed or has a bad name.

Ikkinchi jahon urushidan keyin u mustaqil grafik rassom sifatida faoliyatini davom ettiradi, uning rasmlari va karikaturalari Népsport, Ludas Matyi va Füles nashrlarida nashr etilgan va bir qator kitob illyustratsiyasini yaratgan. 1960-yillardan boshlab u haykaltaroshlik bilan shugʻullanib, sport mukofotlari va sovrinlarini yaratdi[6]. Uning diqqatga sazovor asarlari orasida 1965-yilda Atletik Yevropa kubogi kubogi va 1972-yilda Gʻarbiy Germaniyaning Fair Play mukofoti ham bor. Uning asarlari dunyoning koʻplab shaharlarida, jumladan Drezden, Myunxen, Rotterdam va Monrealda kabi juda koʻp joylarda namoyish etilganManba xatosi: The opening <ref> tag is malformed or has a bad name.

Szepes 1986-yilda Budapeshtda vafot etdi. Uning karikaturalari, grafikalari va plakatlari Vengriyaning Budapesht shahridagi Jismoniy tarbiya va sport muzeyida namoyish etilmoqdaManba xatosi: The opening <ref> tag is malformed or has a bad name.

Shaxsiy hayoti tahrir

Bela Szepes rafiqasi Mariya bilan 1925-yilda tanishgan va ikkalasi 1930-yil 24-dekabrda turmush qurishgan edi. Er-xotinning bitta oʻgʻli bor edi, u yetti oylik boʻlganida vafot etadi[7].

Manbalar tahrir

  1. „Béla Szepes Biography and Olympic Results“. Sports Reference. 2020-yil 17-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-mart 2012-yil.
  2. „Béla Szepes Biography“ (vengercha). Dunántúli Napló. Szepes Mária Alapítvány (Mária Szepes Foundation). 2012-yil 18-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-mart 2012-yil.
  3. „Béla Szepes Biography“ (vengercha). Magyar Életrajzi Lexikon (Hungarian Biographical Encyclopedia). Qaraldi: 9-mart 2012-yil.
  4. „Béla Szepes Biography“ (vengercha). Magyar Életrajzi Lexikon (Hungarian Biographical Encyclopedia). Qaraldi: 9-mart 2012-yil. „Béla Szepes Biography“ (in Hungarian). Magyar Életrajzi Lexikon (Hungarian Biographical Encyclopedia). Retrieved March 9, 2012.
  5. „British Athletics Championships 1919–1939“. Athletics Weekly. Qaraldi: 13-aprel 2012-yil.
  6. „Béla Szepes Biography“ (vengercha). Artportal. 2008-yil 13-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-mart 2012-yil. (in Hungarian). Artportal. Archived from the original (Wayback Machine saytida 2008-04-13 sanasida arxivlangan) on April 13, 2008. Retrieved March 9, 2012.
  7. „Mária Szepes Biography“ (vengercha). Szepes Mária Alapítvány (Mária Szepes Foundation). 2012-yil 20-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-mart 2012-yil.