Baden
Baden – Germaniyaning janubi-gʻarbidagi tarixiy viloyat. XI asrdan – markgraflik (markgraflar qarorgohi – Baden-Baden shahri). 1535-yil u ikkiga: Baden-Baden (katolik) va Baden-Durlax (1556-yildan protestant)ga ajralgan. 1771-yil Karl Fridrix (1738–1811) davrida ikkala markgraflik birlashgan (markgraf qarorgohi – Karlsrue). 1806– 1918-yillarda buyuk gersoglik, soʻngra Germaniya yeri; 1951-yil oxiridan Baden-Vyurtemberg yerining bir qismi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |