Bahodirxon Olimxo‘jayev
Olimxo‘jayev Bahodirxon Eshon — 2692-sonli ish bo‘yicha otuvga hukm qilingan (bu ish bo‘yicha hukmga tortilganlar 28 kishi bo‘lgan, ish O‘zSSR Ichki ishlar xalq komissarligi Andijon sektori tomonidan taqdim qilingan — R.Sh .), 1874-yili tug‘ilgan, o‘zbek, ruhoniy, Baliqchi qishlog‘i imomi. Aksilinqilobiy tash- kilotning Baliqchi guruhining rahbarlaridan biri ayblanuvchilar bilan birgaliqda Ro‘zmatov orqali muhojir ruhoniylar bilan aloqada bo‘lganlikda, Mulla Ortiq Qozoqboyevning uyida aksilinqilobiy guruhning sovet hokimiyatini qurol kuchi bilan ag‘darib tashlash maqsadida banditlar to‘dasi tashkil etish masalasi hal qilinayotgan kengashda qatnashganlikda (bu kengashda chet eldan kelgan ruhoniy ham qatnashgan), bu tashkilotga Sodiqov, Rasulov, Matxoliqovlarni tortganlikda ayblangan.[1]
Manbalar
tahrir- ↑ Shamsutdinov, Rustam. Qatag‘on qurbonlari — 85-bet. ISBN 978-9943-00-240-1.