Bahrom Hakimov (25.02.1955; Qoʻqon, Oʻzbekiston SSR, SSSR) – sovet va oʻzbek futbolchisi, hozirda murabbiy.

Bahrom Hakimov
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 25-fevral 1955-yil (1955-02-25) (69 yosh)
Tavallud joyi Qo‘qon, O‘zbekiston SSR, SSSR
Sovet IttifoqiSSSR,
Oʻzbekiston Oʻzbekiston
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Sovet IttifoqiQoʻqon
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1976—1990 Sovet IttifoqiQoʻqon (? (?))
Boshqargan klublari
1991
1992—1993
1994—1995
1996
1998—1999
2000—2001
2006
2015—2016
2019
Sovet IttifoqiAvtomobilchi murabbiy
OʻzbekistonTemiryoʻlchi
OʻzbekistonMHSK
Oʻzbekiston Navroʻz
OʻzbekistonTemiryoʻlchi
OʻzbekistonNasaf
OʻzbekistonNasaf
OʻzbekistonDinamo (Samarqand)
OʻzbekistonTuron
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Faoliyati tahrir

Qo‘qon futbol maktabi tarbiyalanuvchisi. Hakimov asosan futbolchilik faoliyatini hozirda „Qoʻqon 1912“ deb ataladigan „Qoʻqon“ klubi tarkibida oʻtkazgan. 1991-yilda murabbiylik faoliyatini boshlagan va oʻsha yili Qoʻqonning „Avtomobilchi“ jamoasi bosh murabbiyi yordamchilaridan biriga aylangan. 1992-yil boshida „Temiryoʻlchi“(nomini oʻzgartirgan) Qoʻqon klubiga bosh murabbiy etib tayinlangan. 1993-yilning oxirigacha „Temiryoʻlchi“ jamoasini boshqargan. 1994-yilgi mavsum boshida Toshkentning „MHSK“ klubi bosh murabbiyi etib tayinlangan. Bahrom Hakimov boshchiligida „MHSK“ 1995-yilda Oʻzbekiston kubogi finaliga qadar yetib borgan va Oliy ligada ikkinchi oʻrinni egallab, mamlakat chempionati kumush medalini qoʻlga kiritgan[1].

1996-yil boshida Andijonning „Navroʻz“ jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlanib, mavsum oxirigacha jamoani boshqargan. 1998-yilda yana Qo‘qonning "Temiryoʻlchi" jamoasiga bosh murabbiy boʻlib, ikki mavsum jamoani boshqargan. 2000-yil boshida Qarshining „Nasaf“ klubiga bosh murabbiy etib tayinlangan.

Hakimov boshchiligida „Nasaf“ oʻz tarixidagi eng yuqori natijalarga erisha boshlagan. Oʻsha mavsumda klub chempionatda 85 ochko toʻplab, oliy ligada yigirmata jamoa ichida uchinchi oʻrinni egallagan va bronza medallarini qoʻlga kiritgan. Bu Qarshi klubining oʻz tarixidagi ilk medali boʻlgan. 2001-yilgi mavsumda „Nasaf“ yana bir bor Oliy liganing uchinchi pogʻonasini zabt etgan va 2002-yilda Osiyo chempionlar kubogida ishtirok etish yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan[2][3]. Bahrom Hakimov keyingi mavsumda „Nasaf“ni boshqarmagan. Faqat 2006-yilda kelib klub bosh murabbiyi boʻlgan va yana klub bilan chempionatda bronza medallarini qoʻlga kiritgan. 2015-yil iyul oyida Samarqandning „Dinamo“ klubiga bosh murabbiy etib tayinlangan[4][5].

Yutuqlari tahrir

Jamoaviy yutuqlari tahrir

"MHSK"bilan:

"Nasaf" jamoasi bilan:

  • Oʻzbekiston chempionati bronza medali sovrindori: 2000-yil
  • Oʻzbekiston chempionati bronza medali sovrindori: 2001-yil
  • Oʻzbekiston chempionati bronza medali sovrindori: 2006-yil

Shaxsiy yutuqlari tahrir

Manbalar tahrir

Havolalar tahrir