Ballari — Hindistondagi shahar, Hagari daryosi boʻyida. Dekan yassitogʻligi jan.da, Karnataka shtatida. Aholisi 245 ming kishi (1991). Ip gazlama, jun, shakarqand, metallsozlik sanoati rivojlangan. Paxta yetishtiriladigan va sotiladigan rayon markazi. B. yaqinidan temir rudasi qazib olinadi. Hunarmandchilik rivojlangan: fil suyagi, metall va yogʻochdan turli buyumlar yasaladi, mato toʻqiladi.

AdabiyotlarTahrirlash

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil