Balx jangi (1602)

Buxoro xonligi va Safaviylar davlati o‘rtasidagi jang

Balx jangi (1602) — 1602-yil iyunda ashtarxoniy Boqi Muhammadxon boshliq Buxoro xonligi qoʻshin bilan shoh Abbos I boshchiligidagi Safaviylar davlati qoʻshini oʻrtasida boʻlgan jang.

Balx jangi (1602)
Sanalar 1602-yil iyun
Urush yeri Balx (Shimoliy Afg‘oniston)
Natija Buxoro xoni ashtarxoniy Boqi Muhammad boshchiligidagi o‘zbek qo‘shini g‘alabasi
Qoʻmondonlar
shoh Abbos I Boqi Muhammadxon
Kuchlar
Safaviylar davlati


120 ming nafar jangchilar[1]
10 ming nafar oʻqchilar
300 ta toʻp

Buxoro xonligi


80 ming nafar jangchilar[1]

Jangning borishi

tahrir

1601-yilda shayboniylar sulolasi hukmronligi barham topgandan soʻng Movarounnahrda beqaror siyosiy vaziyat vujudga keldi. Safaviylar davlati shohi Abbos I bundan foydalanishga qaror qiladi. 1602-yil aprelda u qoʻshini bilan Buxoro xonligiga qarashli Amudaryoning janubidagi hududlarni (hozirgi Shimoliy Afgʻoniston) egallashga kirishadi. U 300 ta toʻp qurollangan 120 minglik qoʻshin bilan bostirib kiradi. Abbos I Boqi Muhammadxonning 80 minglik qoʻshinini magʻlub etib, Balxni bosib olishni rejalashtirgandi. Ammo u Boqi Muhammadxondan magʻlubiyatga uchrab, Balxni egallay olmadi. Iyun oyida boʻlib oʻtgan jang safaviyar qoʻshinining ortga chekinishi bilan yakunlanadi.

Dinsiz qorayi xalqining qirgʻin qilinganligi haqidagi xabar Eron hukmdori shoh Abbosga yetib borgach, shaxsan oʻzi son-sanoqsiz qoʻshinlari bilan Marv, Andxud va Shibirgʻondan oʻtib, bu hududlarning qal’a va shaharlariga eʼtibor bermay, Aqcha hududiga kiriadi. Bu hodisa Vali Muhammadxon akasiga xabar berdi. Ushbu qoʻrqmas hukmdor Turon qoʻshinlarini safarbar qilishga eʼtiborini qaratmay, buyuradi: „Qoʻl ostimizdagi baxtli aʼyonlarimiz boʻlgan har bir kishi bizga ergashsin!“ Va oʻsha kuni bir necha kishilar bilan gʻayrioddiy tezlikda Islom gumbazi (Balx) tomon yoʻl oldi. Ikki kun ichida Jayxun qirgʻoqlariga yetib borgan xon: „Qizilbosh xalqi musulmonlar hududiga kirib, ularni egallab oldi. Eʼtiqodimiz rost boʻlsa, bu qonxoʻr daryodan eson-omon oʻtamiz, agar haqiqat oʻsha xalq tarafida boʻlsa, oʻlim timsohining oʻljasiga aylanamiz“. Buni aytib, xon kemasiz va qayiqsiz oʻzini daryo suviga tashladi. Xonni oʻrab olgan qoʻshin buni koʻrib, xudoga umid bogʻlab, oʻzlarini ham daryoga tashladilar va paygʻambarlik iymonining marhamati bilan bu xavfli daryodan shunday (yaxshi) oʻtdilarki, hech kimning uzangilari ham hoʻl boʻlmadi. Ha, kimda Muhammad iymonining barcha ustunligini ifodalashga soʻz kuchi yetadi?

U razil qizilboshlarning boshiga, koʻzlariga chang bulutlarini koʻtardi, natijada dunyo qorongʻilashdi. Shayx dushmanga qarshi hujum qilishni islom lashkariga buyurdi. Qoʻllariga qon toʻkilayotgan qilichlarni olib, oʻzbeklar qizilboshlarni shunday urishdiki, hech kim tirik qolmadi[2].

Jang yakuni

tahrir

Safaviylar davlati qoʻshini magʻlubiyati Buxoro xonligining janubiy viloyatlarini bosib olishini toʻxtatdi. Bu gʻalabada hamda Movarounnahr mustaqilligini saqlab qolishda Boqi Muhammadxonning xizmatlari katta boʻldi[3]

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 „МАЛИК ШАХ-ХУСАЙН СИСТАНИ->ХРОНИКА ВОСКРЕШЕНИЯ ЦАРЕЙ->ПУБЛИКАЦИЯ 2000 Г. ЧАСТЬ 10“. 2022-yil 25-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 25-iyul.
  2. „МУХАММЕД ЮСУФ МУНШИ->МУКИМ-ХАНСКАЯ ИСТОРИЯ. ЧАСТЬ 1“. 2022-yil 25-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 25-iyul.
  3. Audrey Burton 1997, s. 116-117

Adabiyotlar

tahrir