BaranovichiBelarus Respublikasining Brest viloyatidagi shahar (1919-yildan). Yirik temir yoʻl tuguni. Aholisi 167 ming kishi (1999). Baranovichi 19-asrning 70-yillarida vujudga kelgan. Shaharda avtomobil agregatlari, avtomatik liniyalar, stanok jihozlari, ventilyatsiya asboblari, temir-beton konstruksiyalari, moy, sut va pivo zavodlari, goʻshtkonserva, un, non kombinatlari, ip gazlama ishlab chiqarish birlashmasi, tikuvchilik, poyabzal, trikotaj va mebel fabrikalari va boshqa korxonalar mavjud. Qurilish materiallari, uy-roʻzgʻor kimyosi mahsulotlari, oʻyinchoq, badiiy buyumlar ishlab chiqariladi. Texnologiya, yengil sanoat texnikumlari, musiqa, tibbiyot bilim yurtlari, oʻlkashunoslik muzeyi bor.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil