Barbossa operatsiyasi
Ushbu sahifani Barbarossa rejasi bilan birlashtirish taklif etiladi. (munozara) |
Barbossa operatsiyasi (nemischa: Aktion Barbarossa; ruscha: Операция Барбаросса) ikkinchi jahon urushi paytida, 1941-yil 22-iyul, yakshanba kuni boshlangan fashistlar Germaniyasi va uning askar ittifoqchilari tomonidan Sovet Ittifoqiga bostirib kirishi. 12-asrda Rim imperatori va Germaniya qiroli Frederik Barbossa ("qizil soqol") nomi bilan atalgan bu operatsiya fashistlar Germaniyasining gʻarbiy Sovet Ittifoqini bosib olish, uni nemislar bilan toʻldirishdek gʻoyaviy maqsadni amalga oshirdi. Nemislar zabt etilgan Kavkazning neft zahiralarini, shuningdek, turli Sovet hududlarining qishloq xoʻjaligi resurslarini oʻzlashtirishni maqsad qiladi.[1][2]
Ularning yakuniy maqsadi koʻproq "Lebensraum" (yashash joyi) yaratish va oxir-oqibat mahalliy slovyan xalqlarini Sibirga ommaviy surgun qilish, nemislashtirish, qul qilish va genotsid yoʻli bilan qirib tashlash edi.[1][2] Bosqindan oldin ikki yillik Germaniya va Sovet Ittifoqi oʻrtasida strategik maqsadlarda siyosiy va iqtisodiy shartnomalar imzolandi. Sovet Ittifoqi qoʻshinlari Bessarabia va Shimoliy Bukovinani bosib olgandan soʻng, Germaniya Oliy Qoʻmondonligi 1940-yil iyul oyida Sovet Ittifoqiga bostirib kirishni rejalashtira boshladi. Axis kuchlari operatsiya davomida 3,8mln dan ortiq askar (urush tarixidagi eng yirik bosqinchi kuch) bilan 2900km front boʻylab 600000 ta avtomashina va 600000 dan ortiq ot bilan Gʻarbiy Sovet Ittifoqiga bostirib kirishdi.
Operatsiya sharqiy front ochilishiga olib keldi, unda boshqa urush tarixlaridagiga nisbatan koʻproq kuchlar qatnashdi. Bu hududda dunyoning eng yirik janglari, eng dahshatli vahshiyliklar va eng koʻp qurbonlar boʻlgan. Bularning barchasi ikkinchi jahon urushi va 20-asrning keyingi tarixiga taʼsir qilgan. Nemis qoʻshinlari oxir-oqibat 5mln ga yaqin Sovet Ittifoqi askarlarini asirga oldilar.[3] "Ochlik rejasi" nemislarning oziq-ovqat tanqisligini bartaraf etish va slavyan aholisini ochlik yoʻli bilan yoʻq qilishga qaratilgan boʻlib, natsistlar 3,3mln Sovet harbiy asirlarini va millionlab tinch aholini ataylab ochlikdan oʻldirishdi yoki boshqa yoʻllar bilan oʻldirishdi.[4] Barbossa operatsiyasi muvoffaqiyatsizligi fashistlar Germaniyasi taqdirini oʻzgartirdi.[5] Operatsion jihatdan nemis qoʻshinlari muhim gʻalabalarga erishdilar va Sovet Ittifoqining eng muhim iqtisodiy hududlarini (asosan Ukrainada) egallab oldilar. Ushbu dastlabki muvoffaqiyatlarga qaramasdan nemis hujumi 1941-yil oxirida toʻxtab qoldi, nemislarni taxminan 250km orqaga chekinishiga sabab boʻldi.
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 Rich 1973, pp. 204–221.
- ↑ 2,0 2,1 Snyder 2010, p. 416.
- ↑ Chapoutot, Johann (2018). The Law of Blood: Thinking and Acting as a Nazi. Cambridge and London: The Belknap Press of Harvard University Press. ISBN 978-0-67466-043-4.
- ↑ Snyder, Timothy (2010). Bloodlands: Europe between Hitler and Stalin. New York: Basic Books. ISBN 978-0-46503-147-4.
- ↑ Rees, Laurence (2010). "What Was the Turning Point of World War II?". HistoryNet. Retrieved 8 July 2017.