Barer funksiya - odam va hayvonlar organizmining oʻz ichki muhitini (qon, limfa va toʻqima suyukligini) tashqi ta’sirlardan himoya qilishi, shu muhitni (tarkibi, kimyoviy, fizik hamda biologik xossalarini) nisbatan bir me’yorda saqlay olishi (qarang Gomeostaz). Organizm bu funksiyani barerlar deb ataladigan maxsus fiziologik mexanizmlar yordamida amalga oshiradi. Ular shartli ravishda tashqi (teri, shilliq pardalar, nafas, ayirish va ovqat hazm qilish apparatlari) hamda ichki — gistogematik va gematoensefalik barerlarga boʻlinadi. Gistogematik barerlar a’zo va toʻqimalarda qon bilan toʻqima oraligʻida joylashgan. Shu barerlar orasida jigar bareri ayniqsa muhim. Ichakda hosil boʻlib, undan qonga oʻtadigan ba’zi zaharli moddalarni jigar bareri zararsizlantirib turadi. Barer funksiya ham boshqa moslashuv mexanizmlari singari evolyutsiya jarayonida takomillashgan. A’zo va toʻqimalarning bakteriyalarga, toksinlarga, moddalar almashinuvining buzilishi natijasida hosil boʻlgan mahsulotlarga, yot moddalar va doridarmonlarga sezgirligi Barer funksiyaga bogʻliq. Barer funksiyadan gematoensefalik barer (qon bilan miya oraligʻidagi), gematooftalmik barer (qon bilan koʻz toʻqimalari oraligʻidagi), platsentar barer (ona organizmi bilan homila

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil