Bartosz Salamon (talaffuzi: Bartosh Salamon; 1991-yil 1-mayda tugʻilgan) — polshalik professional futbolchi, Polshaning Lech Poznań klubida himoyachi sifatida oʻynaydi. Shuningdek, Polsha milliy terma jamoasi bilan UEFA Yevro-2016da qatnashgan.

Bartosz Salamon
Salamon SPAL bilan, 2017-yil
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Bartosz Salamon
Tavallud sanasi 1-may 1991-yil (1991-05-01) (32 yosh)
Tavallud joyi Poznań, Polsha
Boʻyi 1.94 m[1]
Ampluasi Himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Lech Poznań
Raqami 18
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1999—2004 Concordia Murowana Goślina
2004—2007 Lech Poznań
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2007—2012 Brescia 62 (4)
2010—2011Foggia (ijara) 27 (2)
2012—2013 Milan 0 (0)
2013—2015 Sampdoria 2 (0)
2014—2015Pescara (ijara) 36 (1)
2015—2018 Cagliari 48 (2)
2017—2018SPAL (ijara) 22 (0)
2018—2021 SPAL 20 (2)
2018—2019Frosinone (ijara) 20 (0)
2021— Lech Poznań 38 (4)
Milliy terma jamoa
2009—2010 Polsha U19 4 (0)
2010 Polsha U20 1 (0)
2011 Polsha U21[2] 1 (0)
2013— Polsha 10 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Klublardagi faoliyati tahrir

Ilk faoliyati tahrir

Salamon futbolchilik faoliyatini „Concordia Murowana Goślina“da boshlagan. Keyin Polshaning „Lech Poznań“ klubi akademiyasiga oʻtdi.

Brescia va Foggiaga ijara tahrir

2008-yil 3-may kuni 17 yoshga to‘lganidan ikki kun o‘tib, Modenaga qarshi o‘yinning 77-daqiqasida zaxiradan maydonga tushib B seriyadagi debyutini oʻtkazdi. 2009-yilning 17-yanvarida birinchi marta Brescianing Pizaga qarshi oʻyinida jamoaning asosiy tarkibida maydonga tushdi, jamoa 4:0 hisobida g‘alaba qozonishdi. 9-avgust kuni Italiya kubogi doirasida Ravennaga qarshi oʻyinda (1:0) „Brescia“ safidagi ilk golini kiritdi.

2010-yil iyul oyidan Italiya futbolining uchinchi ligasi hisoblanish Lega Pro Prima divizionidagi US Foggia jamoasida ijara asosida oʻynashi eʼlon qilindi[3].

2011—2012-yilgi mavsumda Bresciaga qaytdi. 2012—2013-yillarda Bresciada asosan markaziy himoyada oʻynadi[4].

Milan tahrir

2013-yilning 31-yanvarida Salamon Milanga o‘tib, 2017-yilgacha shartnoma imzoladi, to‘lovi 3,5 million yevroga teng boʻldi. Unga 14-raqamli futbolka berildi[5][6][7].

Sampdoria tahrir

2013-yilning 11-iyulida Salamon 1,6 million yevro evaziga birgalikda egalik qilish shartnomasi asosida[6] Sampdoriaga o‘tdi[6][8][9]. 2014-yil 1-sentyabr kuni Salamon vaqtinchalik shartnoma asosida Pescaraga qoʻshildi[10]

Cagliari tahrir

2015-yilning 31-avgustida Salamon Cagliariga 5 yillik shartnoma asosida 1 million yevro evaziga oʻtdi[11][12][13].

Salamon debyutini 2015-yilning 7-sentyabrida Crotonega qarshi oʻyinda oʻtkazdi, klub raqib ustidan 4:0 hisobida g‘alaba qozondi. 2015—2016-yilgi mavsumda klub bilan B seriya chempionligini qoʻlga kiritdi va shu tariqa A Seriyaga oʻtishdi.

 
Salamon SPALda mashgʻulot paytida

2017—2018-yilgi mavsum boshida SPAL 2013ga ijaraga berildi. Klubdagi debyutini Udinesega qarshi oʻyinda (3:2) oʻtkazdi.

Frosinone tahrir

2018-yil 9-avgust kuni Salamon sotib olish majburiyati bilan 2019-yil 30-iyungacha ijara asosida A Seriyaning Frosinone jamoasiga o‘tdi[14].

Lech Poznań tahrir

2021-yil 9-yanvarda Polshaning Ekstraklasa vakili Lech Poznań bilan uch yarim yillik shartnoma imzoladi[15].

Xalqaro faoliyati tahrir

Salamon Polshaning U-16, U-17, U-18, U-19, U-20 va U-21 toifalarida terma jamoalarini himoya qilgan. 2010-yil sentyabr oyida birinchi marta Polsha terma jamoasiga AQSh va Ekvadorga qarshi oʻyinlari oldidan chaqiruv oldi. 2013-yilning 26-martida San Marinoga qarshi jahon chempionati saralash bahsida debyut qilgan.

2016-yilning mart oyida, milliy terma jamoada uch yillik tanaffusdan soʻng, Polsha terma jamoasi bosh murabbiyi Adam Nawałkadan Serbiya va Finlandiyaga qarshi oʻyinlari oldidan chaqiruv oldi. 2016-yilning 30-mayida Polsha terma jamoasiga Yevro-2016 uchun chaqiruv oltarkibga kiritildi[16].

Faoliyat statistikasi tahrir

Klub tahrir

24-mart, 2022-yil holatiga koʻra[17][18][19]
Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollar
Klub Mavsum Liga Kubok Jami
Diviziya Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar
Brescia 2007—2008 Serie B 1 0 0 0 1 0
2008—2009 Serie B 11 0 0 0 11 0
2009—2010 Serie B 4 0 2 1 6 1
2011—2012 Serie B 25 1 0 0 25 1
2012—2013 Serie B 21 3 1 0 22 3
Jami 62 4 3 1 65 5
Foggia Calcio (ijara) 2010—2011 Prima Divisione 27 2 5 0 32 2
Milan 2012—2013 Serie A 0 0 0 0 0 0
Sampdoria 2013—2014 Serie A 2 0 1 0 3 0
2014—2015 Serie A 0 0 1 0 1 0
Jami 2 0 2 0 4 0
Pescara (ijara) 2014—2015 Serie B 36 1 1 0 37 1
Pescara 2015—2016 Serie B 33 2 1 0 34 2
2016—2017 Serie A 15 0 2 0 17 0
Jami 48 2 3 0 51 2
SPAL (ijara) 2017—2018 Serie A 22 0 0 0 22 0
SPAL 2019—2020 Serie A 7 0 1 0 8 0
2020—2021 Serie B 13 2 1 0 14 2
Jami 20 2 2 0 22 2
Frosinone (ijara) 2018—2019 Serie A 20 0 1 0 21 0
Lech Poznań 2020—2021[20] Ekstraklasa 13 1 1 0 14 1
2021—2022[21] Ekstraklasa 25 3 1 0 26 3
Jami 38 4 2 0 40 4
Jami faoliyati 275 15 19 1 294 16

Xalqaro tahrir

Terma jamoa va yil boʻyicha ishtirok va gollar
Milliy terma jamoa Yil Ishtirok Gollar
Polsha 2013-yil 5 0
2016-yil 4 0
2022-yil 1 0
Jami 10 0

Yutuqlari tahrir

Cagliari

  • B seriya : 2015—2016[22]

Lech Poznań

  • Ekstraklasa : 2021—2022

Individual

  • Ekstraklasa mavsumining eng yaxshi himoyachisi: 2021—2022[23]

Manbalar tahrir

  1. „Bartosz Salamon“ (pl). Ekstraklasa.org. Qaraldi: 2022-yil 22-may. [sayt ishlamaydi]
  2. „Perfect start for Polsha against Albania“. UEFA.com (2011-yil 2-sentyabr). Qaraldi: 2015-yil 7-iyul.
  3. Laffranchi, Gian Paolo. „Sorpresa Salamon: "Zeman? Mi ha insegnato a difendere"“. Brescia Oggi (2011-yil 15-oktyabr). 2012-yil 7-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 16-oktyabr.
  4. „Calori: "Contro il Padova voglio una squadra dura e compatta"“. Brescia Today (2012-yil 14-sentyabr).
  5. „A.C. MILAN OFFICIAL COMMUNICATION“. A.C. Milan Official Website (2013-yil 31-yanvar). Qaraldi: 2013-yil 31-yanvar.
  6. 6,0 6,1 6,2 „RELAZIONI E BILANCIO AL 31 DICEMBRE 2013“ (Italian). A.C. Milan (2014-yil 13-oktyabr). 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 7-iyul.
  7. Brescia Calcio S.p.
  8. „Milan and Sampdoria swap Poli and Salamon“. UEFA.com (2013-yil 11-iyul). Qaraldi: 2013-yil 25-iyul.
  9. „dailymilan“, AC Milan sign Andrea Poli on Co-Ownership, 3 July 2013
  10. „Bartosz Salamon ceduto in prestito al Pescara“ (Italian). U.C. Sampdoria (2014-yil 1-sentyabr). Qaraldi: 2015-yil 7-iyul.
  11. U. C. Sampdoria S.p.
  12. „Ufficiale: Salamon passa al Cagliari a titolo definitivo“ (Italian). U.C. Sampdoria (2015-yil 31-avgust). Qaraldi: 2016-yil 31-may.
  13. „Bartosz Salamon, benvenuto!“ (Italian). Cagliari Calcio (2015-yil 31-avgust). 2022-yil 1-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 31-may.
  14. „UFFICIALE: Frosinone, preso il difensore Salamon dalla Spal“. Qaraldi: 2018-yil 9-avgust.
  15. „"Czuję się jak w domu" - Salamon piłkarzem Lecha Poznań“ (Polish). Lech Poznań (2021-yil 9-yanvar). Qaraldi: 2021-yil 10-yanvar.
  16. „Polsha Squad“ (English). UEFA (2016-yil 10-iyun).
  17. „Bartosz Salamon“. 90minut.pl. Qaraldi: 2018-yil 16-yanvar.
  18. „Bartosz Salamon“. Soccerway. Qaraldi: 2018-yil 16-yanvar.
  19. „Scheda anagrafica di Bartosz Salamon“. aic.football.it. Qaraldi: 2018-yil 16-yanvar.
  20. „Sezon 2020/21“. 90minut. Qaraldi: 2021-yil 2-sentyabr.
  21. „Sezon 2021/22“. 90minut. Qaraldi: 2021-yil 2-sentyabr.
  22. „Serie B: Cagliari title, Livorno relegated - Football Italia“.
  23. „Nagrodzono gwiazdy sezonu w PKO Bank Polski Ekstraklasie“ (pl). Ekstraklasa (2022-yil 23-may). 2022-yil 1-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 29-may.