Barxurdor ibn Mahmud
Shoir
Barxurdor ibn Mahmud (toʻliq ismi: Barxurdor ibn Mahmud Turkman Farohiy; XVII-XVIII asrlar) – shoir, „Mahbub ul-qulub“ (Koʻngillarning sevgani) asari muallifi[1].
Barxurdor ibn Mahmud | |
---|---|
Tavalludi |
Barxurdor ibn Mahmud Turkman Farohiy |
Kasbi | Shoir |
Barxurdor ibn Mahmud juda koʻp shaharlarda yashagan boʻlib, uning dastlabki asari har xil hikoyatlarni oʻz ichiga olgan „Mahfiloro“ asari hisoblanadi. Lekin ushbu asar dushmanlar hujumi paytida qoʻlyozma holida yoʻqoladi va u yodida qolganlarini qayta tiklab, uni „Mahbub ul-qulub“ deb nomlaydi[2].
Manbalar
tahrir- ↑ Ahmad Muhammad. Sharq haqni topdi..., (Sharq donishmandlari va allomalarining sara hikmatlari), Toshkent: „Sharq“ nashriyoti, 2006 — 124-bet.
- ↑ Hamidjon Xomidiy; Mahmud Hasaniy. Mashriqzamin hikmat boʻstoni. Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997-yil — 251-bet.
Havolalar
tahrirVikiiqtibosda Barxurdor ibn Mahmudga tegishli iqtiboslar mavjud. |