Baxtiyor Toshkentboyevich Aliyev (26-may 1938 Toshkent) — changchi, bastakor, Oʻzbekiston xalq artisti (1983). Hamza nomidagi musiqa bilim yurtini (1955), Toshkent davlat madaniyat institutini (1995) tugatgan. Oʻzbek davlat filarmoniyasining ashula va raqs ansambli (1955), „Bahor“ ansambli (1956-yildan) sozandasi, musiqa rahbari (1965-88 va 1992-yildan). Aliyev repertuaridan oʻzbek musiqa merosi namunalari („Bayot I, III, V“, „Soqiynomai savti kalon“ va boshqalar) oʻrin olgan. Bastakor sifatida 400 dan ortiq raqs va koʻshiklar — „Toshkent goʻzali“, „Guldasta“, „Qirq qiz“, „Ona madhi“ (B. Brovsin bilan), „Baxt qushi“, „Oq oltin“ (N. Zokirov bilan), „Badaxshon qizi“, „Dil nolasi“, „Bahor nashidasi“, „Mukarra-maxonim oʻynasa“ va boshqa, shuningdek „Chang uchun rapsodiya“ muallifi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil