Ushbu maqola olim haqida. Diplomat haqida Baxtiyor Ibragimov (diplomat) maqolasiga qarang.

Baxtiyor Tulaganovich Ibragimov
Tavalludi 11-may 1949-yil
Fuqaroligi Oʻzbekiston
Kasbi supramolekulyar sohasi boʻyicha kimyo olimi
Yoʻnalish Fan
Mukofotlari Mehnat shuhrati ordeni

Baxtiyor Tulaganovich Ibragimov — supramolekulyar sohasi boʻyicha kimyo olimi hisoblanadi. Kimyo fanlari doktori, professor, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi vise-prezidenti.

Tarjimai hol tahrir

1949-yil 11-mayda Toshkent shahrida ishchi oilasida dunyoga keladi. Oʻrta maktabni a’lo baholarga bitirgach, 1973-yilda Leningrad davlat universitetini tamomlab keladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasida Bioorganik kimyo institutida amaliyot ilmiy xodimi, kichik, katta va yetakchi ilmiy xodimi bo’lib ishlagan.

2003-2017-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining bosh ilmiy kotibi boʻlgan. Ayni pallada Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi vise-prezidenti sanaladi.

Kimyo olimi 300 dan ortiq ilmiy ishlar, shu jumladan 3 ta qoʻllanma va 10 ta ixtiro muallifi hamdir. Bugungi kunda 3 nafar fan doktori va 12 nafar fan nomzodini yetishtirib chiqargan.

Baxtiyor To’laganovich 2017-yilning oxirida unga Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi unvoni berildi. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi vise-prezidenti etib tayinlangan (2018-yildan)[1].

Mukofot va unvonlar tahrir

2001-yilda “Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 10 yilligi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan.

2007-yilda “Mehnat shuhrati” ordeni bilan mukofotlangan.

2020-yilda “Doʻstlik” ordeni” bilan taqdirlangan.

2021-yilda “Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan[2].

Ibrohimov qoidasi tahrir

“Ibragimov qoidasi”ning asoschisi, bu qoida dunyo boʻyicha 20 dan ziyod olimlar tomonidan e’tirof etilgan, oʻz ilmiy maqolalarida “Ibragimov tomonidan tuzilgan qoida” va dunyoning turli mamlakatlaridagi supramolekulyar kimyo boʻyicha 5 tadan ortiq darsliklarga kiritilgan. Muallifning ijodiga dunyoning turli burchaklaridan 200 dan ortiq murojaat tushgan.

Manbalar tahrir

Havolalar tahrir

  • Bakhtiyar Ibragimov. A Simple Correlation between the Structures of Different Crystal Modifications of a Given Host–Guest Complex and their Crystallization Temperatures (англ.) // Journal of inclusion phenomena and macrocyclic chemistry. — 1999-07-01. — Vol. 34, iss. 3. — P. 345–353. — ISSN 1573-1111. — doi:10.1023/A:1008029808197.
  • Bakhtiyar T. Ibragimov. Further development of the general rule correlating guest space topology and guest content in polymorphs of the given inclusion compound with crystallization temperatures (англ.) // CrystEngComm. — 2007-02-06. — Vol. 9, iss. 2. — P. 111–118. — ISSN 1466-8033. — doi:10.1039/B613420C.