Bayram Baxtiyar oʻgʻli Mustafoyev (ozarbayjoncha: Bayram Bəxtiyar oğlu Mustafayev) — ozarbayjonlik paralimpiya dzyudochisi, 66 kilogrammgacha boʻlgan vazn toifasida va B2 koʻzi ojizlar toifasida ishtirok etadi, ikki karra jahon (2014[1] va 2018-yil) va Yevropa (2011[2][3], 2013 va 2015-yil) chempioni.[2] 2011-yilgi Butunjahon oʻyinlari ishtirokchisi (5-oʻrin) . Londonda boʻlib oʻtgan 2012-yilgi Paralimpiya oʻyinlarida va Rio-de-Janeyrodagi 2016-yilgi Paralimpiya o‘yinlarida Ozarbayjon sharafini himoya qilgan va kumush medalni qoʻlga kiritgan.

Bayram Baxtiyar o'g'li Mustafoyev
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi Erkak
Tavallud paytidagi ismi Bayram Bəxtiyar oğlu Mustafayev
Fuqaroligi Ozarbayjon bayrogʻi Ozarbayjon
Tavallud sanasi 23-may 1987-yil (1987-05-23) (36 yosh)
Sport
Qaysi sport dzyudo
Klubi Neftchi (Boku)
Medallar
„Vatanga xizmatlari uchun“ ordeni
Sport mukofotlari
Paralimpiya o‘yinlari
Kumush Rio-de-Janeyro 2016 66kg gacha
Jahon chempionati
Oltin Kolorado-Springs 2014 66kg gacha
Oltin Odivelash 2018 66kg gacha
Bronza Odivelash 2018 jamoa
Yevropa chempionati
Oltin Krouli 2011 66kg gacha
Oltin Eger 2013 66kg gacha
Oltin Odivelash 2015 66kg gacha
Kumush Uolsoll 2017 66kg gacha
Kumush Genuya 2019 66kg gacha
Oltin Genuya 2019 jamoa
Islom birdamlik oʻyinlari
Kumush Boku 2017 66kg gacha
IBSA Judo Grand Prix
Kumush Boku 2019 66kg gacha

2016-yil sentyabr oyida Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning farmoni bilan Rio-de-Janeyroda oʻtkazilgan XV yozgi Paralimpiya oʻyinlarida erishgan yuksak yutuqlari, shuningdek, Ozarbayjon sportini rivojlantirishga qoʻshgan xizmatlari uchun Mustafoyev III darajali „Vatanga xizmatlari uchun“ ordeni bilan taqdirlanadi[4] .

2017-yilgi Yevropa chempionatida Mustafoyev kumush medalni[5], xudi shu yili Bokuda oʻtkazilgan „Islom birdamlik oʻyinlari“ning kumush medali sovrindori boʻladi va finalda hamyurti Elchin Tolibovga imkoniyatni qoʻldan boy beradi [6] .

2018-yilda u Portugaliyadagi jahon chempionatida ishtirok etib, 66 kilogrammgacha boʻlgan vazn toifasida chempion boʻladi. Mazkur yil chempionatda Ozarbayjon erkaklar jamoasi tarkibida Mustafoyev jamoaviy turnirning bronza medaliga sovrindori boʻladi[7] .

2019-yilda Genuya shahrida Mustafoyev oʻz vazn toifasida (66 kg gacha) koʻzi ojizlar va zaif koʻruvchilar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida gʻalabaga erishadi[8], shuningdek, Ozarbayjon aralash jamoasi tarkibida ham Yevropa chempioniga aylanadi[9] .

Manbalar tahrir

  1. „IBSA Judo World Championships 2014. Results“. www.teamusa.org. 2015-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 21-mart.
  2. 2,0 2,1 „Ильхам Закиев стал пятикратным чемпионом Европы“. azerisport.com (2013-yil 5-dekabr). 2014-yil 22-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 6-fevral.
  3. „2011 IBSA Judo European Championships results“. 2012-yil 30-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 9-iyul.
  4. „Azərbaycan Milli Paralimpiya komandası üzvlərinin təltif edilməsi haqqında Azərbaycan Respublikası Prezidentinin Sərəncamı“. 2018-yil 11-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 21-sentyabr.
  5. „Ильхам Закиев: Приятна не только победа, но и ощущение того, что готовился не зря“. 2017-yil 28-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 30-avgust.
  6. „Азербайджан выиграл турнир по дзюдо Исламских игр-2017“. 2017-yil 29-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 30-avgust.
  7. „Ильхам Закиев и Зульфия Гусейнова помогли сборной завоевать медали на ЧМ“. azerisport.com (18 ноября 2018). Qaraldi: 2022-yil 10-mart.
  8. „Genova (Italie) Championnats d'Europe IBSA Seniors 2019“. 2021-yil 6-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 19-mart.
  9. „Паралимпийцы Азербайджана сильнейшие в Европе“. 2022-yil 13-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 19-mart.