Bekmurod Elboyev
Bekmurod Elboyev — sovet iqtisodiy, davlat va siyosiy arbobi.
Qashqadaryo viloyati Ijroiya qoʻmitasi raisi | |
---|---|
Mansab davri 1975 – 1983 | |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi | Qushboshi, Buxoro Xalq Sovet Respublikasi |
Siyosiy partiyasi | KPSS |
Mukofotlari |
Tarjimai holi
tahrir1922-yilda Qushboshi qishlogʻida (hozirgi Kitob tumani, Qashqadaryo viloyati) tugʻilgan. 1947-yildan KPSS aʼzosi.
Ulugʻ Vatan urushi qatnashchisi. 1946-yildan iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy ishlarda faoliyat boshlagan. 1946-1975-yillarda oʻqituvchi, kolxoz raisi, qishloq Soveti ijroiya qoʻmitasi raisi, Kitob qishloq xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi, Oʻzbekiston Kompartiyasi Kitob tuman qoʻmitasi kotibi, Kitob tumani ijroiya qoʻmitasi raisi, 1975—1983-yillarda Qashqadaryo viloyat ijroiya qoʻmitasi raisi lavozimlarida mehnat qilgan. 1983-yil 4-iyulda Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti aʼzoligidan „Mehnatdagi xatolari, partiya va davlat intizomini buzgani uchun“ chiqarilgan.
Oʻzbekiston SSR Oliy Sovetining 9 va 10-chaqiriqlari deputati etib saylangan.
KPSS XXV va XXVI qurultoylari delegati.
1985-yildan keyin vafot etgan.