Berezina (belaruscha: Бярэ́зіна) — Belarusdagi daryo, Dneprning oʻng irmogʻi. Uzunligi 613 km, havzasining maydoni 24,5 ming km². Berezina suv sistemasiga kiradi (Dnepr va Daugava havzalarini birlashtiradi). Oʻrtacha suv sarfi 145 m’Gʻsek. 505 km masofada kema qatnaydi. Sohilida Borisov, Bobruysk shaharlari joylashgan. 1812-yil noyabrda Napoleon I ning armiyasi Berezinani kechib oʻtgan. Berezina sohillarida 1920 i., 1941-yil va 1944-yillarda qattiq janglar boʻlgan.

Berezina
belaruscha: Бярэ́зіна
Tavsif
Uzunligi 613
Suv sarfi 145 m³/s
Joylashuvi
Davlat Belarus
Berezina

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil