Bernarda Ferreyra de Laserda (portugalcha: D. Bernarda Ferreira de Lacerda; Korrea de Souza bilan turmush qurgan) – portugal shoirasi, yozuvchi va dramaturg.

Bernarda Ferreyra de Laserda
Tavalludi 1596-yoki 1595-yil
Vafoti 1644-yil
Lissabon, Portugaliya
Fuqaroligi Kingdom of Portugal
Kasbi Dramaturg, yozuvchi, shoira

Biografiyasi

tahrir

Yozuvchining bolalik va oʻsmirlik davri haqida deyarli hech qanday maʼlumot saqlanmagan, de Laserda haqida hech qanaqa biografik maʼlumotlar ham mavjud emas, faqat Bernardaning 1595[1]/6[2]-yili Portuda tugʻilgani maʼlum, xolos.

Ferreyra de Laserda bir necha tillarda ijod qilgan. Shulardan ispan, lotin va portugal tillarida yozilgan koʻzga koʻringan asarlari mavjud. Oʻzining „Filis“ qoʻshigʻini unga bagʻishlagan yozuvchi Lope de Vega shoiraning lotin tili, ispan qalami va portugalcha qalbining sofligini maqtaydi[3].

Bernarda Ferreyra de Laserdaning ispaniya qiroli Felipe III (Lissabon, 1618) ga bagʻishlangan „Hespana libertada“ sheʼri kastiliya tilida yozilgan. Asarning ikkinchi qismi muallifning (1673)[4] qizi Mariya Klara de Meneses vafotidan keyin deyarli oʻttiz yil oʻtgach paydo boʻlgan.

De Laserdaning portugalcha sheʼrlariSoledades do Busao“ (Lissabon, 1634) nomli toʻplamda nashr etilgan va bir vaqtlar oʻquvchilar tomonidan yuqori baholangan, ammo baʼzi tanqidchi adabiyotshunoslar ularni faqat „poetik soʻzlar toʻplami“ deb taʼriflashgan[5].

Portugal shoiri Manuel de Galyegos ham de Laserda sheʼrlari haqida juda ijobiy fikr bildirgan, bu shoiraning erkak hamkasblari tomonidan ham ijodining yuqori baholaganidan dalolat beradi[6].

Bernarda Ferreyra de Laserda 1644-yilda Lissabon shahrida vafot etgan[7].

Art-feminist Judi Chikago turli davrlarning koʻzga koʻringan ayollariga bagʻishlangan „Zvaniy ujin“ badiiy kompozitsiyasida shoira nomini abadiylashtirgan[8].

Manbalar

tahrir
  1. Andoza:ВТ-ЭСБЕ
  2. Manuel Maunder (1842). The biographical treasury: a dictionary of universal biography. Longman, Brown, Green & Longmans. p. 169. Retrieved 19 October 2012.
  3. Andoza:ВТ-ЭСБЕ
  4. Andoza:ВТ-ЭСБЕ
  5. Andoza:ВТ-ЭСБЕ
  6. Gwyn Fox (1 June 2008). Subtle Subversions: Reading Golden Age Sonnets by Iberian Women. CUA Press. p. 189. ISBN 978-0-8132-1528-0. Retrieved 19 October 2012.
  7. Diaz, Jose Simon (1962). Siglos de Oro: Indice de Justas Poeticas. Madrid: CSIC.
  8. CAFKA.TV's coverage of the opening of the Elizabeth A. Sackler Center for Feminist Art, the permanent home of Judy Chicago's Dinner Party YouTubeda 28 March 2007.