Beruniy ziji — Beruniy tuzgan yulduzlar jadvali. Unda 1029 ta yulduzning koordinatalari va yulduz kattaliklari berilgan. K. Ptolemey va arab olimi asSoʻfi jadvallariga asoslanib tuzilgan; unda yulduzlarning vaziyatlari ekliptik koordinata tizimida (Q10’ aniqlikda) berilgan. Beruniy oʻz zijini Gʻazna sultopi Masʼudga atab yozgan "Masʼud qonuni" asariga (1030-yil) kiritgan. Beruniy ziji birinchi marta "Masʼud qonuni"ning bir necha qoʻlyozmalari asosida Hindistonning Haydarobod shahrida arab tilida nashr qilingan. Rus tilida birinchi marta 1962-yil bosildi. Oʻzbekistonda rus va oʻzbek tillarida 1973-yil nashr qilingan.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil