Beshqoʻrgʻon mahallasi (Beshqoʻrgʻon koʻcha 3) – Chilonzor tumanidagi mahalla. Beshqoʻrgʻon mahallasi „Tirsakobod“ mahallasi bilan chegaradosh. Mahalla nomi mahalla xududida oʻtmishda Beshqoʻrgʻon mavzesi boʻlganligi sababli shunday nomlangan. Mahalla 1998-2008 – yillarda Usmon Yusupov nomi bilan atalgan, 2008-yil 28-apreldan xozirgi nomini olgan. Axolisi 5200 kishi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek,10 dan ortiq millat vakillari yashaydi(2009). Mahalla hududida 24 ta koʻcha ,75 davlat tashkiloti, oʻrta maktab ,16-oilaviy poliklinika, 2 ta masjid(„Boʻta buva“, „Choshtepa“) joylashgan[1].


Beshqoʻrgʻon mahallasi
Mahalla
Mamlakat Oʻzbekiston
Shahar Toshkent
Tuman Chilonzor
Vaqt mintaqasi UTC+5
Telefon kodi +998 (71)
Pochta indeks(lar)i 700003
Avtomobil kodi 01

Manbalar

tahrir
  1. Toshkent.Ensikopediya. Toshkent: Oʻzbekiston, 2009 — 780-bet.