Bibi Otun (Bibi Otun binti Gʻani maxdum, Bibi otun, Bibi otun oyim)Mangʻitlar oʻzbek sulolasi malikasi. Buxoro amirligi hukmdori Amir Shohmurodning (1785—1800) xotini. Jannatmakon madrasasi donatori.

Bibi Otun
Bibi Otun
Buxoro amirligi malikasi
Hukmdor Amir Shohmurod (1785—1800)
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi XVIII asr
Buxoro, Buxoro xonligi
Vafoti XIX asr
Buxoro, Buxoro amirligi
Fuqaroligi Buxoro xonligi
Buxoro amirligi
Turmush oʻrtogʻi Amir Shohmurod
Bolalari Mir Husayn
Bibi Robia
Otasi Muhammad Gʻani maxdum

Kelib chiqishi tahrir

Bibi Otun XVIII asrda Muhammad Gʻani maxdum xonadonida Buxoroda tugʻilgan. Uning ajdodlari tariqat ahlidan edi. Bobosi shayx Koʻlobiy nomi bilan mashhur Xalifa Jonmuhammad Koʻlobiy edi[1].

Hayoti tahrir

Bibi Otun ham hol ham qol ilmidan xabardor edi. U ajdodlari yoʻlini davom ettirib oʻz hisoblari evaziga Jannatmakon madrasasini bunyod ettiradi va naqshbandiya tariqati vakilini bu yerga mudarris etib tayinlaydi. Ushbu oʻquv dargohi Buxoro inqilobiga qadar mujaddidiya-naqshbandiya tariqati gʻoyalarini targʻib qiluvchi maktablardan biri boʻlib qoladi. Inqilob davrida ilm maskani vayron etiladi[1].

Oilasi tahrir

Bibi Otun Amir Shohmurodning xotini, ulardan Mir Husayn va Bibi Robia dunyoga kelishgan[1].

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 1,2 Jumanazar 2017.

Adabiyotlar tahrir