William Norris Arnold (talaffuzi: Bil Arnold; 1992-yil 13-mayda tugʻilgan) — Milliy xokkey ligasining (NHL) Calgary Flames jamoasida oʻynagan amerikalik xokkeychi. Arnold 2010-yil va 2014-yillar oraligʻida Boston kollejining Eagles jamoasida toʻrt mavsum oʻynagan va maktabning 2012-yilgi milliy chempionat jamoasi aʼzosi boʻlgan.

Bill Arnold
Tugʻilgan joyi 13-may 1992-yil (1992-05-13) (31 yosh)
Needham, Massachusetts, AQSh
Boʻyi 6 ft 0 in (183 cm)
Ogʻirligi 218 lb (99 kg; 15 st 8 lb)
Pozitsiyasi Himoyachi
Maydondagi joylashgan oʻrni Oʻng qanot
Oʻynagan jamoalari Calgary Flames
NHLga kirish drafti 108-oʻrin, 2010
Calgary Flames
Jamoalardagi faoliyat 2014—2016

Faoliyati tahrir

Kollej tahrir

Massachusets shtatining Needham shahrida tugʻilgan Arnold 2009—2010-yilgi mavsumda AQSh Xokkey Milliy jamoasini rivojlantirish dasturiga qoʻshilishdan oldin Noble, Grinof maktabi va Boston Junior Bruins oʻrta maktab xokkey dasturlarida qatnashgan[1][2]. 2010-yilgi Milliy Xokkey Ligasi (NHL) draftida Arnold Calgary Flaymes jamoasi tomonidan toʻrtinchi turda 108-oʻrinda jamoa tarkibiga tanlangan[3].

2010—2011-yilgi mavsumda u birinchi kurs talabasi sifatida 39 oʻyinda 20 ochko toʻplagan. Ikkinchi kurs mavsumida Arnold 2012-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida AQSh oʻsmirlar terma jamoasiga qoʻshilgan. Arnold yettinchi oʻrindagi amerikaliklar safida oltita oʻyinda uchta gol va uchta golli uzatmani amalga oshirgan[4]. Keyin u oʻz mavsumini milliy chempionat bilan yakunlagan.

2012—2013-yilgi 35 ochkolik mavsumdan soʻng, Arnold oʻzining muvaffaqiyatli mavsumini yaqin doʻstlari Johnny Gaudreau va Kevin Hayes bilan birga yakunlagan. Ular uni muzning uchta zonasida ham ajoyib xokkeychi sifatida maqtashgan[5]. Arnold kollej mavsumini 14 gol va 53 ochko bilan yakunlagan. Kollejdagi faoliyati davomida u 144 oʻyinda 159 ball toʻplagan[6].

Arnold bir mavsum uchun oʻrtacha 900 ming dollarlik ikki yillik shartnoma imzolagan[7][8]. U NHLdagi debyutini 2014-yil 13-aprelda Flames jamoasining soʻnggi oʻyinida oʻtkazgan. Flames jamoasi 2014-yil 13-aprelda Vancouver Canuksga 5:1 hisobida magʻlub boʻlgan[9]. Arnold NHLda faqat bitta oʻyin oʻtkazgan xokkeychilar roʻyxatidan joy olgan.

Arnold butun 2014—2015-yilgi va 2015—2016-yilgi mavsumlarda AHLning Calgary jamoasida oʻynagan. U ikkala mavsumda ham 113 oʻyinda 24 gol va 60 ochko jamgʻargan.

Faoliyat statistikasi tahrir

Muntazam mavsum va pley-off oʻyinlari tahrir

Xokkeychi statistikasi qisqartmalar ma'nolari
 GP  Oʻynalgan oʻyinlar  G  Gollar  A  Uzatmalar  Pts  Jamoa toʻplagan ochkolari  PIM  Penalti uchun
belgilangan daqiqalar
Muntazam mavsum Pley-off
Mavsum Jamoa Liga GP G A Pts PIM GP G A Pts PIM
2009—2010 U. S. National Development Team USHL 26 8 15 23 20
2010—2011 Boston College Eagles U 39 10 10 20 38
2011—2012 Boston College Eagles U 42 17 19 36 46
2012—2013 Boston College Eagles U 38 17 18 35 40
2013—2014 Boston College Eagles U 40 14 39 53 51
2013—2014 Calgary Flames NHL 1 0 0 0 0
2014—2015 Adirondack Flames AHL 61 15 23 38 30
2015—2016 Stockton Heat AHL 52 9 13 22 20
NHLdagi ochkolari 1 0 0 0 0
Medal soni
  AQSh vakili
Erkakalar muz xokkeyi
IIHF U18 Jahon chempionati
Oltin 2010 Belarusiya

Xalqaro tahrir

Yil Jamoa Musobaqa Natija GP G A Pts PIM
2010 Qoʻshma Shtatlar WJC18   6 1 2 3 6
2012 Qoʻshma Shtatlar WJC 7 6 3 3 6 4
Oʻsmirlar jamoasidagi ochkolari 12 4 5 9 10

Manbalar tahrir

  • Karyera statistikasi„Bill Arnold player card“. Milliy xokkey ligasi. Qaraldi: 2014-yil 15-aprel. Milliy xokkey ligasi . 2014- yil 15-aprelda olindi.
  1. Pave, Marvin. „Arnold sails on ice“. Boston Globe (2010-yil 21-fevral). 2014-yil 11-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 15-aprel.(subscription required)
  2. IIHF Guide & Record Book 2012 Podnieks: . International Ice Hockey Federation, 2011 — 382 bet. ISBN 978-0-7710-9598-6. 
  3. 2013–14 Calgary Flames Media Guide Hanlon: . Calgary Flames Hockey Club, 2013 — 93–94 bet. 
  4. Morreale, Mike G.. „Arnold's OT goal gives BC third straight Beanpot title“. Milliy xokkey ligasi (2012-yil 14-fevral). Qaraldi: 2014-yil 15-aprel.
  5. „Bill Arnold player card“. Milliy xokkey ligasi. Qaraldi: 2014-yil 15-aprel.
  6. Gilbertson, Wes. Excited Eagles Bill Arnold & Johnny Gaudreau prepare for NHL debuts. Calgary Sun (2014-yil 13-aprel), s. S3.
  7. „BC stars Gaudreau and Arnold sign with Flames“. Milliy xokkey ligasi (2014-yil 11-aprel). Qaraldi: 2014-yil 15-aprel.
  8. Odland, Kristen. Rookies to make Flames debut. Calgary Herald (2014-yil 12-aprel), s. D1.
  9. Johnson, George. Gaudreau scores in Flames debut. Calgary Herald, s. C1.