Biogenetika
Taʼrif
tahrirBiogenetika(biogenetics)-bu genlar, meros olish va organizmlardagi genetik o'zgarishlarni o'rganadigan ilmiy soha. Yerdagi hayot hayotning kelib chiqishini o'rganuvchi fan bo'limi; sayyoramizdagi barcha hayotning birligiga asoslangan hayotning paydo bo'lishi haqidagi fan.
Usullar
tahrirU DNK ning tuzilishi va funksiyasiga, shuningdek, genlarning turli fenotiplarga ta'siriga qaratilgan. Biogenetikada muhim usullarga gemona sekvensiyasi, genlarni tahrirlash va gen terapiyasini kiritish mumkin.
Ahamiyati
tahrirBugungi kunda: biogenetika juda ko'p sohalarda, jumladan, tibbiyot, qishloq xo'jaligi va ekologiyada qo'llaniladi. Gen terapiyasi va klonlash kabi texnologiyalar rivojlanmoqda. Biogenetika tibbiyot tadqiqotlarda, genetik kasalliklarni o'rganishdan to, qishloq xo'jaligida hosilni yaxshilash uchun genetik jihatdan o'zgartirilgan o'simliklarni ishlab chiqarishga qadar keng qo'llaniladi. Shuningdek, genetik texnologiyalarni ishlab chiqish va qo'llash bilan bog'liq etnik masalalar ham muhim ahamiyatiga ega, chunki u xavfsizlik, sog'likka ta'sirlar va atrof muhitga ta'sirni o'rtganadi. Vaqt o'tishi bilan har qanday murakkablik darajasidagi biologik tuzilmalarning (biotizimlarning) shakllanishi jarayonlarini o'rganadigan ilmiy soha. "Tirik mavjudotlar shakllarining vaqtdagi normal ketma-ket o'zgarishini genetik jihatdan biogenez nomi bilan belgilash mumkin va bu o'zgarishlar shakllarini o'rganadigan fanni biogenetika deb atash mumkin. uni o'rganish ob'ekti yoki bir xil organizmning individual hayoti davomida shakllarining o'zgarishi-normalarini ontogenetika izlayotgan-yoki organik shakllarning ketma-ket avlodlar qatorida o'zgarishi bo'lishi mumkin; bu o'zgarishlar qonuniyatlarini yoritish tarixiy biogenetikaning vazifasidir"
Tarixi
tahrirBiogenetika, genetika va bioloqiya sohalarining birikmasi sifatida, 20-asrning o'rtalarida shakllana boshladi. Asosiy e'tibor genlarning tuzilishi, o'zgarishlari, va meros bo'lib o'tishiga qaratilgan.
1900-yillar: Gregor Mendelning tadqiqotlari asosida merosiylik qonunlari kashf etildi.
1953-yil: James Watson va Francis Crick DNKning ikki qat spiral tuzilishini aniqladilar, bu biogenetikaning asosini shakllantirdi.
1970-yillar: Genlar va DNK ustida eng dastlabki foydalanishlar boshlanadi, bu esa genetik muhandislikka yo'l ochdi.
1990-yil: Inson Genomi Loyihasi boshlangan, bu inson genlarining to'liq xaritasini yaratishga qaratilgan global loyiha.